Вы участник?

ISH TAQDIM QILISH

Loyihalar

«Internet - paketlar»


  • Nominatsiya:

    Yangi mahsulot yoki xizmatning ishga tushirilishi

  • Brend

    Beeline

Muammo

Internet paketlar abonentlar mobil aloqa operatorlaridan faol ravishda sotib oladigan eng mashhur xizmat hisoblanadi. "Beeline"ning oddiy, tushunarli va manfaatli takliflar beradigan operator sifatidagi atributlarini oshirish zarur edi. Beeline tomonidan yaratilgan katta tarkibli va arzon, juda tushunarli neymingga ega bo‘lgan yangi internet-paketlar. Ya’ni ilgari mavjud bo‘lganlarning barchasidan voz kechish va mobil operatorlar bozorida eng raqobatbardosh bo‘lgan yangi internet-paketlarni ishga tushirish kerak edi. Yangi mahsulot paydo bo‘lishi bilan oldingi barcha paketlar yopildi. Asosiy maqsad maqsadli auditoriya – yoshlardan iborat bo‘lgan abonentlarni maksimal darajada jalb qilish edi. Har qanday o‘zgarishlarga tezda moslashishib ketadigan toifa - bu internetdan faol foydalanadigan va arzon narxga ko‘proq trafik sotib olishdan manfaatdor bo‘lgan yoshlardir. Beeline maksimal darajada oddiy neymingga ega, paketlarning megabaytlar bilan to‘ldirilish darajasini bildiruvchi raqamli postfikslari bor bo‘lgan yangi va manfaatli internet-paketlarni ishga tushirdi. Shuningdek, abonentlarni yangi paketlarni yaxshi qabul qilish va eskilaridan “ketish”ga moslashtirish kerak edi. Tendensiya shundayki, abonentlar maksimal darajada soddalikni va ulanishdan oldin mahsulot haqida uzoq o‘ylab o‘tirmaslikni istaydilar. Tanlov oddiy, tez va qulay bo‘lishi zarur.


Yechim

30 soniyalik rolikni Toshkentning eng taniqli, yoshlar, tik-tokerlar orasida mashhur bo‘lgan joylarida suratga olish va qo‘shimcha infografikadan foydalanishga qaror qilindi. Rolikni maksimal darajada yengil, oddiy, mahorat bilan tanlangan musiqa jo‘rligida, tik-tok, yutub yoki instagram singari hozirgi paytda O‘zbekistonda eng mashhur bo‘lgan maydonlarda niqoblar, maxsus effektlardan foydalangan holda suratga olishga kelishildi. Kontentmeykerlar, datayuzerlar va blogerlarni jalb qilish g‘oyasi bor edi. Ya’ni, internetdan faol foydalanadigan segmentga maksimal e’tiborni qaratish. Qamrov maksimal darajada bo‘lishi uchun suratga olish jarayonlariga ko‘plab obunachilarga ega bo‘lgan blogerlar jalb etilgani ahamiyatlidir. Rolikning 30 soniyalik qisqa xronometrajini hisobga olgan holda uni ko‘chada sayr qilib yurgan, kontent yaratayotgan va uni ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari bilan bo‘lishayotgan bosh qahramonning o‘ziga xos "raqsi"ga aylantirib taqdim etish zarur edi. Rolik auditoriya uchun maksimal darajada oson va tushunarli, klip tarzida bo‘lishi kerak edi. Yo‘lda qahramonga qandaydir ob’ektlar, odamlar uchraydi va u to‘plaganlaridan qiziqarli hamda to‘lqinlantiruvchi tarkib yaratadi. Kontent bezaklari videoqatorning o‘zida ko‘rsatilgan, huddiki real hayotda maxsus effektlar qo‘llanilgandek taassurot qoldiradi. Bundan tashqari, blogerlar mazkur videoni o‘z sahifalarida bo‘lishishgan va u tik-tok foydalanuvchilari tomonidan ijobiy baholangan.


Natija

TOMA (Internet bundles) bo‘yicha: Xabardorlik o‘lchoviga ko‘ra, reklama kampaniyasi juda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan, respondentlarning 57 foizi videoni tanigan (ushbu davrda benchmark - 36 foiz), shundan 78 foizi rolikni televizorda tomosha qilgan. Onlayn maydondagi salmoqli reklama kampaniyasi tufayli ushbu mediada xabardorlik 28 foizni tashkil etdi (birinchi chorakka nisbatan 9 pog‘onaga ko‘tarilgan).



Ro'yxatga qaytish