Mashhur shaxslar ishtirokidagi reklama kampaniyasi
Hyundai
Janubiy Koreyaning Hyundai avtomobil brendining yangi modeldagi yengil avtomobillari qatorini va avtomobil chakana savdosining O'zbekiston uchun yangi "test-drayv" va "vaqtinchalik avtomobil" xizmatlari bilan tanishuv. O’zbekistonda Hyundai avtomobili brendi haqidagi xabardorlik va unga bo’lgan e’tiborni oshirish.
Avtomobilning boshqaruvdagi ko'rsatkichlari va boshqa xususiyatlari haqida yuz marta eshitgandan ko'ra, bir marta minib ko'rgan yaxshiroq. 2020 yil 11 martda biz quyidagi 10 ta jurnalist va blogerlarni O'zbekistondagi birinchi media test-drayvga taklif qildik. Test-drayvga Hyundai Accent va Hyundai Creta taklif qilindi. Yo'nalish shunday tashkil qilingan ediki, har bir ishtirokchi ikkala modelni ham sinab ko’rish imkoniyatiga ega bo'ldi. Ushbu muvaffaqiyatli loyihaning davomi taniqli foydalanuvchilar va blogerlar uchun individual test-drayvlar bo'lib, ushbu bosqichda ular sharhlar yozishib o'z obunachilari bilan avtomobillar haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdilar.
Bizning oldimizda nafaqat yangi modellarni taqdim etish, balki kompaniya barcha xohlovchilarga taqdim qiladigan asosiy xizmatlardan biriga - taqdim etilgan barcha modellar uchun test-drayvga e'tiborni qaratish vazifasi turgan edi. Ushbu loyihalar yordamida brend haqida xabardorlik, test-drayvlar soni va savdo konversiyasi sezilarli oshdi. Shunday qilib, 2020 yilda O'zbekistonda sotiladigan Hyundai avtomobillari soni 3500 taga yetdi.