Komyuniti, hamjamiyat, sadoqatlilik dasturining yaratilishi
KNAUF. ME’MOR
Аrxitektorlar, interer dizaynerlarining muvaffaqiyatli me'moriy loyihalarni yaratish bo‘yicha faoliyatini rag‘batlantirish, jamiyatda me'morchilik kasbining maqomini oshirish.
“KNAUF GIPS BUXORO” MChJ XK “ADP” MChJ bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Arxitektorlar ittifoqi ko‘magida O‘zbekistonda birinchi ME’MOR//2019 ko‘rik-tanloviga asos soldi.
ME’MOR//2019 birinchi ko‘rik-tanloviga 120 ta ish taqdim etildi. Ishlar ko‘rilishi davomida hakamlar hay'ati tanlov toifalarini yiriklashtirishga qaror qildi, natijada uchta toifada 13 ta g‘olib o‘zaro 119 mln. so‘m bo‘lishib oldilar. Taklif etilganlarning 80 foizi ijtimoiy tarmoqlarda ME’MOR//2019 tanlovi haqida post qoldirdilar. 2021-yilda (2020-yilda ko‘rik-tanlov pandemiya sababli o‘tkazilmadi) tanlovga 242 ta (ikki marta ko‘p) ish taqdim etildi.