Ijtimoiy muhim vazifalarning hal qilinishi
ISHONCH do'konlar tarmog'i
O'zbekiston feminizmning yangi to'lqinini boshdan kechirmoqda, bu esa ayollarga "zaif" jins sifatida munosabat asossiz ekanligini ko'rsatadi.
Ayollarning turli xil vaziyatlardagi kuchini ko’rsatib berish. Ayol jinsi vakillarini odamlar o’ylagandek kuchsiz emasli rolikda aks etishi kerak. Ma'naviy kuch - Ayol jismoniy qiyinchiliklarga duch kelgan otasiga g'amxo'rlik qilish uchun o’zining shaxsiy hayotidan kechib, ma’naviy kuchini namoyon qiladi. Jismoniy kuch - 3 nafar bolali homilador ayol. Uning kuchi, o’zining qay holatdaligiga qaramasdan, o'zini bolalariga baxshida qilishda davom etishida namoyon bo'ladi. Iroda - sportchi qiz. Uning kuchi qat'iyatida namoyon bo'ladi. Aqliy kuch - ishbilarmon ayol, uning kuchi mansab cho'qqilarini zabt etishida.
Videoni nafaqat ayollar auditoriyasi, balki Ishonchning erkaklar auditoriyasi ham juda ijobiy qabul qildi. Videoning ijtimoiy tarmoqlar orqali umumiy ko’rishlar soni 600 000 dan ortiq.