Yangi mahsulot yoki xizmatning ishga tushirilishi
Frilansus.com
Frilanserlarni rivojlanishi uchun platforma yo'qligi. Mijozlar bilan frilanserlar to'g'ridan to'g'ri ishlagan vaqtda judayam ko'plab muammolar yuzaga kelishi. Frilanser daromadi va reytingini hisoblab beruvchi platforma yo'qligi.
Frilanserlarni rivojlanish platformasi va baholash tizimini ishlab chiqdik. Bonusli tizimi bilan birga. Mazkur platforma — Dizayn studiyalar uchun buyurtma beradigan, frilanserlar uchun buyurtma topshirib daromad topadigan Respublikadagi eng katta online xizmat ko'rsatish platformasidir.
Mazkur platforma orqali mijozlarga 2800+ dan ziyod muvaffaqiyatli ishlar topshirildi. • Frilansus.com tarmoqlarida jami 450+ dan ziyod frilanserlar jamlangan. • Loyihada 3, 5, 7, 10, hatto 15-20 yillik tajribaga ega dizayner va dasturchilar ham faoliyat yuritishadi. Natijani batafsil taqdimotimizda ko'rishingiz mumkin.