Вы участник?

ISH TAQDIM QILISH

Loyihalar

Division kompaniyasidan Di Cafe


  • Nominatsiya:

    Yangi mahsulot yoki xizmatning ishga tushirilishi

  • Brend

    Di Cafe

Muammo

Di Cafe — bu Division marketing agentligining qahva tayyorlaydigan va sneklar sotadigan kichik savdo nuqtasi bo‘lmish ichki loyihasi. Division Marketing ofisi xodimlari mazali va xushbo‘y qahvasiz yashay, ayniqsa, ishlay olmaydilar. Har kuni ertalab ishni bir stakan qahva bilan boshlash — o‘ziga xos an’ana. Division ofisi Toshkent shahrining eng markazida bo‘lmagan biznes markazlaridan birida joylashgan. Mazkur biznes markaz va uning atrofida boshqa kichik va o‘rta biznes egalari ham bor, biroq yaqin atrofda hamyonbop narxda qahva tayyorlab sotadigan qulay nuqta mavjud emas. Buyurtma qilingan taqdirda, qahva odatda sovigan holda yetkaziladi, narxi esa yetkazib berish bilan ikki barobar qimmatroq chiqadi.


Yechim

Division rahbariyatiga ofis xodimlari, shuningdek, biznes markazining boshqa qavatlaridagi ijarachilar va yaqin atrofdagi kompaniyalar uchun qahva va ichimliklar sotadigan kichik joy tashkil qilish g‘oyasi keldi. Xodimlarning barchasi har xil, qahvaning ham turli xilini xush ko‘radilar. Bizning akkaunt menejerimiz kapuchinoni yaxshi ko‘radi, kreativ dizaynerimiz esa bir stakan espressosiz ish jarayonini boshlashni tasavvur ham qila olmaydi. Di Cafe aydentikasini ishlab chiqishda Division agentligining butun jamoasi va do‘stlari ishtirok etdi. Biz jamoadan dudl va so‘zlar shaklida xabar qoldirishni so‘radik, keyinroq esa ularni aydentika tizimiga kiritdik. Shunday qilib, Division'ning har bir xodimi loyihani ishga tushirishda faol ishtirok etdi va u Di Cafe deb nomlandi.


Natija

Loyiha ishga tushirilgandan so‘ng, daromad ko‘rsatkichlarini tahlil qilish biznes yuritishning rentabelligi borasida xulosa chiqarish imkonini beradi. Aydentikani yaratishda, lavozimidan qat’i nazar, agentlikning barcha xodimlar ishtirok etganligi sababli, Di Cafe maqsadli auditoriya orasida yuqori darajadagi sodiqlikka ega bo‘ldi. Loyiha asta-sekin rivojlanmoqda va ofis kafesi chegarasini kengaytirmoqda. Asosiy ko‘rsatkichlar — 15 kun ichida Division jamoasi Di Cafe loyihasini to‘liq ishlab chiqdi va amalga oshirdi. — Nostandart aydentika, stakanlarning o‘ziga xos dizayni va kafening kirish qismidagi o‘ziga jalb qiluvchi noodatiy yozuvlar biznes markaziga tashrif buyuruvchilarning e’tiborini darhol o‘ziga qaratdi. Ular mamnuniyat bilan Di Cafega kirdilar, qahva stakanlarini suratga olib, ularni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joyladilar. Ba’zilar stakanlarning nostandart dizaynidan Division ishini tanidilar. — Di Cafe ishga tushirilgach, birinchi haftada agentlik va biznes markaz xodimlari hamda unga tashrif buyuruvchilarga rekord darajadagi 327 stakan qahva sotildi. — 2 hafta ishlaganidan so‘ng, Di Cafe eng yaqin — 2 km radiusida joylashgan ofislarga qahva yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi. — Division jamoasining ish mahsuldorligi 1000% ga ortdi.



Ro'yxatga qaytish