Yangi mahsulot yoki xizmatning ishga tushirilishi
NOVIY DOM
Noviy Dom KNAUF modulli bloklaridan qurilgan binolarning harakatchanligi va seysmik qarshiligini nostandart tarzda namoyish etish. Hayot va biznes uchun bir oydan kam vaqt ichida ishonchli binolar qurishga imkon beruvchi, O'zbekiston bozori uchun yangi qurilish texnologiyasi haqida so’zlab berish.
KNAUFdan "Noviy Dom" kompaniyasining taqdimoti mehmonlar uchun to'liq kutilmagan syurpriz bo'ldi. Hammasi odatdagidek boshlandi: taklif qilingan jurnalistlar va blogerlar birin-ketin “Noviy Dom”ning keng savdo ofisiga kirishdi, u yerda ularni KNAUF Uzbekistan bosh direktori Dmitriy Deripalko kutib oldi. Kursilarda o'tirib olgan mehmonlar har qanday konfiguratsiyadagi turar-joy va ish joylarini bir necha hafta ichida yig'ish imkonini beradigan modulli qurilishning yangi texnologiyasi haqidagi hikoyani qiziqish bilan tingladilar. Savdo ofisining o'zi ham 6,2 x 3,1 metr o'lchamdagi tayyor modullardan biridir. Ha, bu juda qulay ko'rinadi, ayniqsa, arzonligi, energiya samaradorligi va ekologik jihatdan qulayligini hisobga olgan holda. Ammo eng qiziq narsa ma'ruzachi modulli uylarning seysmik qarshiligi va KNAUFning sinovlar paytida 9 balli zilzilalarga chidamliligi haqida gapirishni boshlaganda boshlandi. Shu payt bizning xonamiz tebranib, yig’ilganlarni biroz havoritga soldi va bir lahzadan keyin u joyidan silliq siljidi. Birinchi tebranishdan so'ng, "savdo ofisining" oldi qismi bezak ekanligi aniqlandi va modulning o'zi dastlab yuk mashinasiga o'rnatilgan bo’lib, endi u blogerlarni "Noviy Dom" ko'rgazma zaliga olib ketayotgan edi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi umumiy qamrov : 1 050 000+ 3600 dan ortiq savollar onlayn tarzda ko'rib chiqiladi, 3000+ qo’ng’iroqlar