Rebrending
Uzbekinvest
"O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasi milliy sug'urta bozorida 27 yillik tajribaga va 600 mingdan ziyod faol mijozga ega. Biroq, "O'zbekinvest" brendi mamlakat iste'molchilari orasida taniqli emas. Shu bilan birga, kompaniyaning yagona va maqsadlariga mos tashqi ko’rinishi va dizayn tizimi yo'qligi brendning mustahkamlanishiga to'sqinlik qilib kelmoqda. Yuqorida keltirilgan muammolar, o'z navbatida, yangi mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlarni saqlab qolish, brendga va umuman sug'urtalashga bo'lgan ishonchga salbiy ta'sir ko'rsatdi va ixtiyoriy sug'urta turlarini ilgari surishga imkon bermadi.
"O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasi rahbariyati bilan birgalikda kompaniyaning missiyasi, qadriyatlari va maqsadlarini o'zida mujassam etgan va muayyan maqsadli auditoriyaga yo'naltirilgan brend ko'rinishini yangilash to'g'risida qaror qabul qilindi. Ushbu vazifalarni hal etish uchun "O'zbekinvest" kompaniyasi va O'zbekiston sug'urta bozorini chuqur o'rganish ishlari olib borildi, kompaniya xizmatlarining va mijozlarining segmentatsiyasi o'tkazildi.
Reklama kampaniyasi va mahsulot iste'molchilar tomonidan ijobiy qabul qilindi. Videolar 252 mingdan ortiq marta ko'rildi, veb-saytga 27 mingdan ortiq foydalanuvchilar turli kanallardan tashrif buyurishdi.