Вы участник?

ISH TAQDIM QILISH

Loyihalar

Bumble: Little Prince


  • Nominatsiya:

    Mashhur shaxslar ishtirokidagi reklama kampaniyasi

  • Brend

    Bumble

Muammo

Kampaniya yo‘lga qo‘yilgan vaqtda (23.12.2020) Bumble olti oydan buyon O‘zbekiston bozorida bo‘lgan. Bolalar mahsulotlari jabhasidagi yuqori raqobat tufayli, ishlab chiqaruvchi, xaridorlar o‘rtasida xabardorlikni oshirishi kerak edi.


Yechim

Dastlab, brendni turli blogerlar bilan mahalliy joylashtiruv orqali bosqichma-bosqich targ‘ib qilish rejalashtirilgan edi. Biroq biz taniqli aktrisa Zarina Nizomiddinova o‘g‘lining ilk fotosurati tushirilgan eksklyuziv material orqali media maydoniga "shiddat bilan kirish" imkoniyatini tanladik. Aktrisa o‘zi va o‘g‘lining akkauntida fotosuratni joylaganidan so‘ng, u Internetdagi yangiliklar saytlari va Telegram'dagi tematik kanallarda tarqaldi.


Natija

Reklama faoliyati o‘tkazilganidan so‘ng, brendning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o‘tishlar soni 5 barobar, Instagram, OAV va Telegram kanallaridagi umumiy qamrovlar soni 1,2 milliondan oshdi. Shuningdek, reklama kampaniyasi o‘tkazilgach, 2 hafta mobaynida savdo hajmining 40% ga ortishi kutilmagan natija bo‘ldi.



Ro'yxatga qaytish