Yangi mahsulot yoki xizmatning ishga tushirilishi
Suzane
Korxona 2018 yilda tashkil etilgan. Suzane brendi,devor uchun gul qog'ozlar ishlab chiqaruvchi korxona. Suzane brend asoschilari reklama agentligiga murojaatida o'z o'rnini bozorda egallash va yaqin kelajakda Respublikadagi o'z segmentida eng taniqli brend bo'lish istagini bildirdi.
Biz Suzane brendi mahsulotlarini rivojlantirishga va brendni tanitishga qaratilgan reklama brend strategiyasini ishlab chiqdik. Shuningdek, foydali reklama yo'nalishlari va marketing pozitsiyalarini ham. Bizning reklama strategiyamiz ikki bosqichdan iborat edi: birinchidan, aksiyada biz faqat brend nomi va logotipiga e'tibor qaratamiz (imidj videoroliki), ikkinchidan, mashhur yulduzlar ishtirokida.Shunday qilib, mashhur qo'shiqchi Rayxon, Farxod Alimov va Shahzod guruhining solisti Rashid Xoliqov ishtirokida video suratga olishga qaror qilindi. Oxirgi iste'molchi bilan aloqa quyidagi reklama vositalari yordamida o'rnatildi: TV reklama, radio, outdoor (LED monitorlar, tashqi reklama tuzilmalari) metro, avtobuslar, SMM, Digital.
Reklama kampaniyasi va amalga oshirilgan barcha harakatlar tufayli butun Respublika hududida brend tanitish amalga oshirildi , bu esa o'z navbatida sotuv jarayonini bir necha barobar oshishiga olib keldi (so'rov natijalariga ko'ra, Respublikamiz aholisining aksariyati Suzane gul qog'ozlari mahsulotini tanidi ,hattoki,logotip ko'rinishi bo'yicha ham bu qanday mahsulot ekanligini bildi.Savdo nuqtalarida esa "qo'shiqchi Rayhon chiqqan devor gul qog'ozlari" degan nomga ega bo'lib,shu nom orqali sotuv jarayoni jadallashdi.