Вы участник?

ISH TAQDIM QILISH

Loyihalar

Melek-Zo'ri Zo'ri Bu Melek!


  • Nominatsiya:

    Yangi mahsulot yoki xizmatning ishga tushirilishi

  • Brend

    Melek

Muammo

Melek - Sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi brend bo'lib,bozorimizda nisbatan yaqinda paydo bo'lgan. Maqsadi to'g'ri imidjni shakllantirish va brendni tanitish. Bizning reklama agentligimizga brend strategiyasini ishlab chiqish, reklamani targ'ib qilish, brend tanilishini ta'minlash va oxirgi iste'molchi(auditoriya) bilan muloqot qilish vazifasi qo'yildi. Reklama va marketing bo'yicha foydali pozitsiyalar va yo'nalishlarni yaratish.Samarali reklama kampaniyasini amalga oshirish, brendni tanitish.


Yechim

Biz ishni brendning asosiy maqsad va vazifalarini aks ettiruvchi brend strategiyasini tuzishdan boshladik. Strategiya mazmunu: Sut mahsulotlari va bu mahsulotlardan taom yoki pishiriq tayyorlash bu shunchaki ish emas. Bu pozitiv hissiyot. Oxirgi iste'molchiga (auditoriya )uchun Melek brendi mahsuloti - o'zingizni xursand qilish, o'zingizga ozgina bo'lsa ham quvonch bag'ishlash. Hayotingizda nima bo'lishidan qat'iy nazar,Melek bilan hamma narsa zo'r, Melek - bugun sizning kayfiyatingiz. Melek - doimiy tabassum. Melek - qalbdagi yengillik. Zo'ri zo'ri bu Melek! Mashhur komedik aktyorlar ishtirokida komediya yo'nalishida 2 hil reklama rolikini suratga oldik . Biz TV va ijtimoiy tarmoqlar uchun maxsus oshpazlik loyihasini o'ylab topdik (taom tayyorlash) Reklama kanallari: Televizorda reklama, maxsus loyiha (brend mahsulotlaridan tayyorlanadi-product placement) va taniqli musiqa, radio, outdoor (LED monitorlar, tashqi reklama tuzilmalari), metro, avtobuslar, SMM, Digital, Tg kanallari.


Natija

Oxirgi iste'molchi (auditoriya-ayollar), maxsus loyihani xattoki musiqasidan eshitib-tanib,taom tayyorlashni o'rganishni va retseptlarni yozib olishni boshladi. Oxirgi iste'molchi (auditoriya) va reklama kanallari bilan to'g'ri tuzilgan muloqot ijobiy natija berdi. Reklama kampaniyasi brend tanitish strategiyasini 95% dan ko'proq miqdorda amalga oshirdi va respublika bo'ylab sotuvlar hajmining oshishiga yordam berdi



Ro'yxatga qaytish