Вы участник?

ISH TAQDIM QILISH

Loyihalar

Ahadmix Group: sharsharani yoqing


  • Nominatsiya:

    Mavsumiy kampaniya

  • Brend

    Ahadmix Group

Muammo

Avvalroq Toshkentda reklama va marketing mutaxassislari bilbordlardagi ekstenderlar yordamida reklama konsepsiyalarining kreativ taqdimotini ishlab chiqar edilar. 2021-yil boshidan poytaxtda reklama konstruksiyalarini ommaviy ravishda demontaj qilish boshlandi. Bilbordlarni o‘rnatishga moratoriy e’lon qilinganidan keyin, shahar rasmiylari ularning barchasini olib tashladilar. Bundan tashqari, ayrim reklama shchitlari noqonuniy ravishda, biror asossiz olib tashlangan. Shaharda faqat hali nostandart formatda ishlatilmagan LED ekranli konstruksiyalar qoldi.


Yechim

Jazirama yoz va shahardagi o‘ta issiq havo harorati mavzusi bizning mijozimiz — Ahadmix Group LED ekranidan nostandart usulda foydalanish g‘oyasiga undadi. Poytaxtning markazida biz ajabtovur sharshara taqlidini yaratdik. LED monitoridagi tasvir sifati va maxsus suv effektlari tufayli sharshara xuddi haqiqiydek bo‘lib chiqdi hamda poytaxt aholisining e’tiborini tortdi. Shuningdek, tomoshabinlarni yanada ko‘proq jalb qilish uchun, LED ekran yonida "Sharsharani yoqing" maxsus tugmasi o‘rnatildi. Biz o‘z ishimiz bilan duch kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarga qaramay, doim olg‘a yurish, ijodkorlikni cheklamay, chegaradan chiqish kerakligini ko‘rsatmoqchi bo‘ldik.


Natija

• Hamkasb-hamkorlar e’tiborini jalb qilish Nostandart yondashuv marketing mutaxassislari e’tiborini tortdi va tashqi reklama sohasidagi hamkasb-hamkorlarni "uyg‘otdi". Keys Ahadmix Group kompaniyasining reklama va texnik jihozlar innovatorlaridan biri sifatida o‘zini namoyon qilishga yordam berdi.
• Mijozlar oqimining ko‘payishi "Sharsharani yoqing" aksiyasi boshlanganidan so‘ng, yangi mijozlardan LED ekranlarda reklama joylashtirish so‘rovlari soni 15% ga oshdi. 3 yirik mijoz o‘z mahsulotlarini LED ekranlarda nostandart reklama qilish uchun so‘rovlarini qoldirdi.
• Brend atrofida yangiliklar tasmasini yaratish Reklama kampaniyasining videokeysi eng mashhur OAVlarda joylashtirildi va nostandart foydalanish haqidagi yangiliklar O‘zbekistonning reklama resurslari tomonidan qabul qilindi.



Ro'yxatga qaytish