Yangi mahsulot yoki xizmatning ishga tushirilishi
Najot Ta'lim
Najot Ta’lim o’quv markaziga 2018-yilda asos solingan bo’lib, ular bizga murojaat etishgan vaqtda faqatgina o’quv markaz nomi va asosiy shiori bor edi. Ular asosan xorijiy tillar va zamonaviy kasblar bo’yicha o’quv kurslarini ochish niyatida ekanligini bildirishgan.
Biz Najot Ta’lim logotipini: “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” shioriga asoslagan holda ishlab chiqdek. U o’zida 4 - elementni, ya’ni: Kitob; Qayiqcha; Nilufar guli va “N” harfi va premium ranglarni birlashtirgan. O’quv markaz nomi ham ushbu shiordan kelib chiqgan. Logodan tashqari to’laqonli brend strategiyasini, zamonaviy o’quv dasturlari va marketing strategiyalarini ham ishlab chiqdik.
Mufaqqiyatli marketing strategiyasi tufayli yoshlarda zamonaviy kasblarga bo’lgan qiziqish so’nggi 3 yil ichida keskin oshib ketdi. Biz tayyorlagan logotip O’quv kurslari orasida eng taniqlilaridan biri bo’lib, “zamonaviy kasblar” deganda ko’pchilikning ko’z oldiga ko’p holatda Najot Ta’lim logotipi keladi.