Nikoloz Kurdiani

TBC Bank Uzbekistan kuzatuv kengashi raisi. (Gruziya)

Nikoloz Kurdiani — TBC Bank Uzbekistan kuzatuv kengashi raisi. Bu muassasa 28 yillik tarixga ega, London fond birjasining yetakchi 350 ta kompaniyasi sirasiga kiruvchi va Kavkazortidagi eng yirik gruzin bankining filialidir. Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Krudiani TBC Bank Uzbekistan faoliyat yuritadigan Gruziya va Ozarboyjondan keyingi uchinchi mamlakat – O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Ta'lim va tajriba

Nika bank sohasida o‘n besh yildan ziyod mehnat tajribasiga ega, jumladan besh yil UniCredit Groupni Avstriya, Turkiya va Qozog‘istondagi bo‘linmalarida ishlagan.

2014 yilda TBC Bankka qo‘shilishi arafasida, Nika Qozog‘istondagi yetakchi chakana bank – Kaspi Bank boqsharuvchi direktori bo‘ldi.

2007 yilda MBA darajasini olguniga qadar u Bank Republic Georgia, Société Générale Groupda chakana bank xizmatlari bo‘linmalari rahbari lavozimini egallab kelgan, shuningdek 2003 yildan 2006 yilga qadar Bank of Georgiada bir qancha lavozimlarda ishlagan.

U xariddan keyingi integratsiya va qayta tuzilish borasida, shuningdek jismoniy shaxslar hamda kichik va o‘rta biznesga bank xizmatlarini ko‘rsatish sohasida tajribaga ega.

2008 yildan 2010 yilga qadar Nika Avstriya bankining Markaziy va Sharqiy yevropadagi chakana bo‘linmasi, UniCredit Groupda sotuvni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha katta mutaxassis lavozimini egallagan va Turkiya, Qozog‘iston, Ukraina va Serbiya uchun javob bergan.

2010 yildan 2013 yilgacha ATF Bankning Qozog‘istondagi chakana bo‘linmasi, UniCredit Group rahbari bo‘lgan.

Nika 2007 yilda IE biznes-maktabida MBA darajasini oldi.

Shuningdek, u Gruziya texnik universitetida xalqaro iqtisodiyot magistri darajasini olgan va Germaniyadagi Ruhr University Bochum hamda Kavkaz biznes-maktabi bakalavriatini bitirgan.

Mukofotlari

EFMA (yevropa moliya va marketing assotsiatsiyasi) va MasterCard onlayn taqdirlash marosimida kichik va o‘rta biznes uchun eng yaxshi bankir nomini e'lon qildilar. TBC Bank bosh direktori o‘rinbosari Nika Kurdiani kichik va o‘rta biznes uchun dunyodagi uchta yetakchi bankchilardan biri deb topildi.