Andrey o‘z agentligini 25 yil oldin, 1996 yilda ochgan. U bilan birga «Vosxod» kichik mintaqaviy kompaniyadan Rossiya kreativ xizmatlar bozori yetakchisigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
«Vosxod» 2007-yildan buyon Rossiyaning eng yaxshi agentliklari o‘ntaligiga kiradi; 2011-yildan buyon 10 marta Rossiya kommunikatsiya agentliklari uyushmasi reytingida yetakchilik qildi (http://www.akarussia.ru/ratings/akar).
Andreyning kreativ rahbarligi ostida agentlik xalqaro festivallarda 600 dan ziyod mukofot oldi, ular qatorida: Cannes Lions (10 ta sher), CLIO Awards, London International Advertising Festival, One Show, Eurobest, Epica, Golden Drum, The CUP, ADCE, ADCR (Art Directors Club of Russia), EFFIE, Golden Hammer, Red Apple va Kiyev xalqaro reklama festivali.
2012-yildan Andrey Rossiya reklama akademiyasi a'zosi sanaladi. Mashhur xalqaro festivallar hay'atiga hamda Golden Drum Shuhrat Zaliga kiradi.
yekaterinburgda yashaydi va reklama dunyoni o‘zgartirishga qodir ekanligiga ishonadi.