Yelena Leonova
SEVEN (ROSSIYa)
Rossiya Marketing xizmatlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, CEO PROGRESSION GROUP (marketing services in Russia), Seven bosh direktori.
U reklama industriyasida ulkan tajribaga ega, Rossiya bozoridagi yetakchi reklama guruhlaridan birini boshqarish tajribasiga ega.
Seven agentligi 2007 yilda tashkil etilgan. Agentlik loyihalari qatorida PepsiCo, Heineken, Saint Gobain, Kimberly Clark va boqshalar bilan hamkorliklar, Rossiya va xorijdagi eng yirik industrial festivallar sovrindor bo‘lgan loyihalar mavjud. Seven Rossiyaning 23 ta eng yirik shahrida vakolatxonaga ega, yilig 150 dan ziyod tenderni qayta ishlaydi va mijozlar portfeli 34 ta reklama beruvchini qamrab oladi. Kompaniyaning 70% aylanmasi chakana va distribyutorlik tarmog‘i motivatsiyasi, shuningdek xaridorlarga rasta oldida maslahat berish, merchandayzing va riteyl-audit bilan bog‘liq loyihalarga to‘g‘ri keladi.