Spartak Tetrashvili

TBC BANK UZBEKISTAN (GRUZIYa)

TBC Bank Uzbekistan boshqaruvi raisi, ushbu lavozimga 2020 yil tayinlangan. O‘zbekistonda Tetrashvili oldida g‘ayrioddiy va ulkan vazifalar mavjud: bir necha oy oldin ish boshlagan TBC Bank Uzbekistan – O‘zbekistondagi, hyech bir jarayoni ortida inson turmaydigan, barcha xizmatlarni – xuddi to‘lov tizimlaridagi kabi – ilova orqali olish mumkin bo‘lgan birinchi to‘liq raqamli bank faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Spartak TBC brendining falsafasi shaffof, hammabop va jur'atli yechimlarni yaratishdan iborat deb hisoblaydi. Va mana shu boshqaruvchilar hamda har bir xodimning ishlash uslubini belgilab beradi.

“Men TBC bilan 7 yildan buyon birgaman. Ish uslubi haqida aytadigan bo‘lsam, TBCda biz yagona jamoamiz. Biz rasmiyatchiliksiz va lavozim toifalariga bo‘linishsiz ishlaymiz. Jamoaning har bir a'zosi tashabbus bilan chiqishi va savolmi, g‘oyami, taklif bilan kelishi mumkin – men har kimning fikrini tinglashga tayyorman. To‘siqlar qo‘ymaslik – mana nima muhim”,- dedi Tetrashvili.

U xodim o‘z ishini shunchaki buyurganlari uchun qilmay, balki nega bajarayotganligi va qanday qadriyat yaratayotganligini tushunsa, undagi mas'uliyat hissi ortishiga ishonadi.

Spartak bank sohasida 20 yildan ziyod professional mehnat tajribasiga ega. U Fyurte (Germaniya)dagi Procredit akademiyasida va Veles (Makedoniya)dagi Procredit Mintaqaviy akademiyasida o‘qigan. U Tbilisidagi yevropa menejment maktabi (ESM) va MBA IE business School-Madrid Spain maktabi bakalavri darajasiga ega.