Roman Sayfulin
MAKRO (O‘ZBEKISTON)
Roman Rafikovich Seyfulin – Makro supermarketlar boshqaruvchisi. 1985 yil 16 iyunda tug‘ilgan. Magistraturani 2009 yilda Xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishida tamomlagan.
2012 yildan boshlab Lokomotiv Amusement Park, Erkatoy Group, Eurasia International Marketing, Samarqand Darvoza SKM, The Tower Mall Management Group kabi muvaffaqiyatli loyihalarni tashkil etgan, boshqargan va yo‘lga qo‘ygan.
Bugungi kunda Makro supermarketlar tarmog‘i boshqaruvchi direktori lavozimini egallaydi. Uning boshqaruvi ostida kompaniya qisqa muddatda ikki barobarga o‘sdi: do‘konlarning yangi formati ishga tushdi, yangi texnologiyalar ishga tatbiq etildi, o‘z “M” savdo markasi ishlab chiqildi.