Murad Nazarov

MURAD BUILDINGS (O‘ZBЕKISTON)

Murad Nazarov – o‘z falsafasiga ega tadbirkor. Hayotning sodda va shaffof tamoyillari unga olamshumul loyihalarni osonlik bilan amalga oshirishda, biznesda muvaffaqiyatga erishishda va oilasi, do‘stlari hamda atrofdagilar bilan uyg‘unlikda qolishda yordam beradi.

Keyingi 17 yilda Murad Nazarovning “Murad Buildings” kompaniyasi O‘zbekiston poytaxtida development sohasida 10dan ziyod salmoqli loyihalarni amalga oshirdi va ushbu kompaniyaning mahsulotlari ko‘p sonli iste'molchilarning alohida e'tiboriga sazovor. Har bir loyiha o‘ziga xos xususiyatga, yangiroq texnologiyalardan foydalanishga, alohida me'moriy va konseptual yechimga ega. Kompaniya yondashuvidagi yana bir o‘ziga xoslik – bu ijtimoiy infratuzilmaning barcha qulayliklarini ko‘zda tuta olishdir. Bularning barini eng so‘nggi loyihalardan biri bo‘lmish “Kislorod” TJM (2021)da ko‘rish mumkin.

2019-yilda Murad Nazarov boshchiligidagi “Murad Buildings” kompaniyasi va uning turkiyalik hamkorlari – “Ozguven” kompaniyasi Nest One – O‘zbekistondagi birinchi va Markaziy Osiyodagi eng yirik ko‘pfunksiyali osmono‘par binolardan birining qurilishini boshladi. Osmono‘par bino beshta alohida blokka bo‘lingan. Ularda “lyuks” toifasidagi besh yulduzli mehmonxona, premium-toifadagi apartamentlar, ofislar, tijorat ko‘chmas mulki va dam olish ob'ektlari joy oladi. Majmuaning me'moriy markazi balandligi 266,5 metrli markaziy minora bo‘ladi, unda 761 ta xonadon joylashadi.

2020-yilda Murad Nazarov (Murad Buildings) va Aydin Raximbaev (Qozog‘istonning “BI Group” xoldingi) NRG brendi ostida birlashdilar. Kompaniya qo‘shma loyihalarga kirishdi va Toshkentda aqlli va puxta o‘ylangan turar joy majmualarini qurmoqda. Oybek TJM, Mirzo Ulug‘bek TJM, U Tower TJM shular jumlasidan. NRGning har bir loyihasi Toshkent ko‘chmas mulk bozoriga nimadir yangilik keltiradi.

Murad Nazarov ko‘p yo‘nalishlardagi trendsetter. Ko‘chmas mulk qurilishida kompaniya innovatsiyalar bozorga rang beradi va yangi sifat, tezkorlik hamda loyiha ishlab chiqishga ijodiy yondashuv standartlarini yaratadi. Shuningdek, u jamoani ruhlantira oladi, xodimlarni motivatsiyalashning yangi usullarini topadi, mutaxassislarning ijodiy salohiyatini ochish uchun qulay muhit yaratadi. Kompaniyasining marketing strategiyasi va shaxs brendini ilgarilatish bilan uning o‘zi shug‘ullanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda muloqotmi, shahardagi kreativ reklamami yoki mamlakatning yetakchi OAVlarida chiqish bo‘ladimi – barchasi shular jumlasidan.

Xayriya, faol hayot tarzi, sport bilan shug‘ullanish, muloqotga ochiqlik, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, tajriba va muvaffaqiyat sirlari bilan bo‘lashishga intilish – bular Murad Nazarov atrofdagilar va o‘z jamoasi uchun namuna bo‘ladigan jihatlarning hammasi emas.