Kamron Gulamov
AKFA GROUP (O‘zbekiston)
O‘zbekistondagi eng yirik xoldinglardan biri bo‘lmish AKFA GROUP xoldingi bosh direktori.
Kamranning shiori – “shaxsiy hayotda hammasini muvozanatda ushlash” – hayotda hammasi – oila, ish, shaxsiy rivojlanish, shuningdek jamiyat foydasiga ishlash – tartibda bo‘lsin va barobar rivojlansin. Hayotning ushbu tarkibiy qismlari o‘rtasida uyg‘unlik topishga intiladi.
2020 yildan Kamran xalqaro bozorga chiqayotgan ishlab chiqarish xoldingini boshqaradi. AKFA Group 20 yildan byon faoliyat yuritadi va dastlabki 15 yilda faqat O‘zbekistonda ishladi. Bugungi kunda xolding dunyoning boshqa mamlakatlari bozorlarida ham ish ko‘rmoqda.
Rahbar sifatida Kamranning asosiy vazifasi – har bir xodimga kompaniya missiyasini yetkazish, shuningdek barchani o‘zlari belgilagan maqsad sari olg‘a boshlashdir. Kamran Gulamov, shuningdek, biznes transformatsiyasi tashabbuschisi bo‘ldi va bu yo‘nalishda keng ko‘lamli ishlarni joriy etdi. Bu o‘zgarishlar AKFA Groupga 2025 yilga borib 20 ta mamlakatda mijozlar bazasiga ega xalqaro kompaniya bo‘lish imkonini beradi.
Kamran Gulamov o‘z oldiga qo‘ygan yana bir muhim vazifa – ishchi muhitni ushlab turish, toki jamoaning barcha a'zolari ertalab shodon kafiyatda o‘rinlaridan tursinlar va ishga kelsinlar.
Kamran Gulamov kompaniyada korporativ ijtimoiy mas'uliyat va xayriya tashabbuslari yo‘nalishlarini faol rivojlantirmoqda.