MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

Biz haqimizda

O‘zbekiston Marketing Uyushmasi - Markaziy Osiyodagi eng yirik professional hamjamiyatdir.

Uyushma 2016 yil dekabr oyida tashkil topgan bo'lib, bugungi kunda 120 dan ortiq hamkor kompaniyalar va 100 dan ortiq marketing bo'yicha mutaxassislardan iborat.

O'zbekiston marketing Uyushmasi maqsadi: O‘zbekistonda marketingni rivojlantirish, professional manfaatlarni ifodalash, kasbiy standartlarni takomillashtirish va marketing sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish, marketing va reklama sohasida xalqaro hamkorlikdan manfaatdor yuridik shaxslar va ekspertlarni birlashtirish.

Uyushmaning vazifalari

  • hajmi, sifati va asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida marketing va reklama bozorini o‘rganish;
  • marketing bozorining asosiy ishtirokchilari to‘g‘risida axborot to‘plash;
  • marketing sohasida ekspertlarni aniqlash;
  • eng yaxshi brendlar va eng yaxshi reklama loyihalarini tanlash;

  • Uyushma a'zolarining shaxsiy va professional kamoloti uchun ixtisoslashgan tadbirlar o‘tkazish;
  • Bahs-munozaralar, davra suhbatlari, muhokamalar, loyihalarga jalb qilish yo‘llari orqali professional muloqot hamda tajriba, fikr, bilim, axborot, texnologiyalar almashishni tashkil qilish;

  • Uyushma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro professional tashkilotlar, alohida kompaniyalar va ekspertlar bilan hamkorlik qilish;
  • marketing sohasida mutaxassislarni izlash va qo‘llab-quvvatlash;
  • kompaniyalarga marketing yordamida o‘z biznesini rivojlantirishda ko‘mak berish.

Uyushma a'zolarining imkoniyatlari:

Ilgarilatish

  • Uyushma a'zosi sifatida o‘zini taqdim qilish imkoniyati;
  • Uyushma resurslarida a'zolar va sheriklarning tadbirlari to‘g‘risidagi axborot joylashtirish;
  • Uyushma a'zolariga turli reytinglar va reestrlar tuzishda ko‘mak berish;
  • “Yil Brendi”, “TAF! Toshkent reklama festivali”, forumlari va konferensiyalarida imtiyozli qatnashish.

Ishtirok etish

  • Uyushma konferensiyalari, forumlari va seminarlarida qatnashish;
  • sheriklar konferensiyalari va forumlarida Assotsiatsiya nomidan ma'ruzalar bilan qatnashish (Assotsiatsiya rahbariyati bilan kelishgan holda);
  • Uyushmaning norasmiy tadbirlarida qatnashish;
  • Uyushmaning ishchi guruhlari, ekspert yig‘ilishlari, davra suhbatlari, seminarlarida ishtirok etish.

GR

  • davlat hokimiyati organlariga Assotsiatsiya nomidan murojaat qilish imkoniyati;
  • Uyushma nomidan qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqish;
  • Davlat hokimiyati organlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilishga ko‘maklashish.

Servis

  • Uyushma a'zosi sertifikatini olish;
  • Uyushma maydonida maqsadli tadbirni tashkil etish imkoniyati (Uyushma ijroiy ma'muriyati bilan kelishgan holda);
  • Uyushma ekspertlari bilan kontaktlar o‘rnatishda ko‘maklashish;
  • qiziqtirgan toifa doirasida kompaniya materiallarini maqsadli tarqatish;
  • imtiyozli shartlarda marketing bo‘yicha mutaxassis izlash.

Uyushma tamoyillari

  • yuridik shaxslar Uyushma a'zolari, sheriklari bo‘la oladilar;
  • Uyushma ekspertlari jismoniy shaxslar bo‘ladilar;
  • Uyushmaga a'zolik ixtiyoriy va teng huquqlilidir;
  • asosiy moliyalash manbai a'zolik badallari sanaladi;
  • Uyushma o‘z a'zolari bilan raqobatlashmaydi.

Axborot

  • Uyushma faoliyati bo‘yicha to‘liq axborot ko‘magi (tadbirlar dasturi, Assotsiatsiya nashrlari, tadqiqotlar, reytinglar va sh.k.);
  • Uyushma saytida a'zo, sherik haqidagi axborot va korporativ yangiliklarni joylashtirish.

Uyushma UTP

  • o‘zini ham professional-marketolog, ham marketingga katta e'tibor beruvchi tashkilot sifatida taqdim etish imkoniyati;
  • Uyushma a'zolarining professional kamoloti, o‘z fikrini ifodalashi, jamoatchilik e'tirofiga erishishi va ilgarilashuvi uchun qulay muhit yaratishda qatnashish;
  • bizning professional hamjamiyatimizda tadbirkorlar va rahbarlar shaxsan taqdim qilingan va muloqot hamda tajriba almashish uchun ochiqdirlar.

Uyushmaning loyihalari

  • ADWEEK har yilgi marketing va reklama haftaligi;
  • “Marketing klubi” Assotsiatsiya munozara klubi – har oylik uchrashuvlar va telegram-guruhdagi muntazam muloqot;
  • “Yil brendi” mukofoti;
  • Professional konferensiyalar va soha o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash;
  • MAKON marketing forumi;
  • TAF! Toshkent reklama festivali.

Xizmatlar

  • Biz marketing bo‘yicha mutaxassislarni tanlash, o‘qitish va qayta tayyorlash sohasida xizmatlar taqdim etamiz;
  • marketing tadqiqotlarini tashkil etishda ko‘mak beramiz;
  • istalgan shaklda, onlayn va oflayn rejimda korporativ va tarmoq tadbirlarini o‘tkazamiz;
  • marketing loyihalari yuzasidan maslahat berish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun yetakchi kompaniyalar va ekspertlarni tavsiya etamiz.