Iqtidorli quruvchilar
U-TOWER – NRG Uzbekistan kompaniyasining yetakchi loyihasidir. U "Tashkent City" qurshovidagi binolar orasida haqiqiy inqilobchi va mutlaq meʼmoriy favorit hisoblanadi. Bino noodatiy U shaklidagi koʻp qavatli majmua boʻlib, unda har bir xonadon boshqasidan farq qiladi. Shuning uchun, U-TOWER kommunikatsiyasi barcha raqobachi turar-joy majmualaridan farq qilishi lozim.
Muammo, vazifa
Digital-makonda kompaniyaning yangi loyihasi - NRG U-TOWER'ni ommaga keng tanitish.
Yechim
Biz xonanda – Akmal Bayramov va uning MUZIKAKI guruhi bilan hamkorlik qilishga qaror qildik. Yigitlar oʻz videolarida qurilish maydonchasida qo‘shiq kuylash va oddiy mehnatkashlar obrazini gavdalantirish orqali O‘zbekiston va boshqa MDH mamlakatlarida mashhurlikka erishganlar. Biz Akmalga auditoriyamiz uchun “quruvchi” obrazini yaratish va o‘z chiqishlarini obyektlarimizda namoyish qilishni taklif qildik.
Natija
Bir necha kun ichida bu hamkorlik ijtimoiy tarmoqlar va axborot vositalarida katta tezlikda tarqaldi. Instagram’da 300 mingdan ortiq, YouTube’da 4 milliondan ortiq tomosha qilindi. Birgalikda olingan videolar sabab YouTube auditoriyamiz 13 000 obunachiga koʻpaydi.