NRG – quruvchi tashkilotlar orasida eng yaxshi YouTube kanali

NRG Uzbekistan – koʻchmas mulk sohasidagi ikki yetakchi kompaniyalar Murad Buildings va BI Group hamkorligida yaratilgan. Bular eng soʻnggi ilgʻor texnologiyalar va muhandislik yechimlariga asoslangan zamonaviy turar-joy majmualaridir.

Muammo, vazifa

Instagram orqali reklamaga eʼtibor jalb etishning umumiy qabul qilingan amaliyotidan farqli oʻlaroq, boshqa samarali platformalarga ham eʼtibor qaratish lozim. YouTube’ga yetarlicha e’tibor bermaslik, ayniqsa, ushbu ijtimoiy tarmoq hayratlanarli natijalarni natijalar berayotgan O‘zbekistonda qo‘ldan boy berilgan imkoniyat bo‘lishi mumkin. Hootsuite maʼlumotlariga koʻra, YouTube Oʻzbekistondagi mashhur platformalar orasida yetakchi boʻlib, 5,7 million foydalanuvchiga ega. Qurilish kompaniyalari Instagram orqali mashhurlik ortidan quvayotgan bir paytda, ushbu sohada eng katta YouTube kanalini yaratish inqilobiy qadam boʻlishi mumkin. Axir, YouTube nafaqat mahsulotni namoyish qilish, balki potentsial mijozlarni loyihalar muhitiga jalb qilish va tajriba almashish imkoniyatini taqdim etadi. Ijtimoiy tarmoqlar olamida muvaffaqiyatga erishish uchun yillar koʻp ekanligini tan olish vaqti keldi.

Yechim

Biz strategik qaror qabul qildik, bor eʼtiborimizni ushbu platforma uchun maxsus ishlab chiqilgan va o‘zbek tilida so‘zlashuvchi auditoriyaga moʻljallangan kontseptsiyaga qaratdik. Standart reklama va savdo yondashuvlaridan voz kechib, maqsadlarimizga erishishning kaliti auditoriyamizni qiziqtira oladigan va atroflicha maʼlumot taqdim eta biluvchi kontent yaratish ekanligini anglab yetdik. Biz yangi NRG U-TOWER loyihamiz qurilish jarayonini hujjatlashtirish bilan band boʻldik. Muntazam ravishda, har oy boshida "No Filter" rukni uchun yangi videolar suratga oldik. Bu obunachilarimizga har bir bosqichni shaxsan kuzatib, loyihani yaratish muhitiga sho‘ng‘ish imkonini berdi. Bizning strategiyamiz faqat qurilish bilan cheklanmaydi. Biz "Business GAP" nomli shouni ishlab chiqdik va ishga tushirdik, unda biz NRG turar-joy majmualarida biznes ochgan muvaffaqiyatli tadbirkorlar haqida hikoya qilamiz. Shuningdek, biz turar-joy majmualarimizni batafsil tanishtirish hamda xodimlarimiz haqida maʼlumotlar berib borishni ham unutmadik. Bundan tashqari, biz qiziqarli va hayajonli qisqa videokliplarni eʼlon qilishda "Shorts" formatidan faol foydalandik.

Natija

Ushbu qarorlar bizga muammoni samarali yengib o‘tib, auditoriyamizni o‘ziga jalb qiluvchi, qiziqtiruvchi va batafsil maʼlumot taqdim etuvchi noyob kontent yaratish orqali yangi brend platformasini ilgari surish imkonini berdi. Yil davomida biz Shorts formatida 34 ta video va 19 ta to‘liq metrajli videoroliklarni chiqarganimiz muvaffaqiyatli faoliyatimizda muhim o‘rin tutdi. 2022-yil dekabriga kelib, raqamlarimiz yanada hayratlanarli bo‘ldi: • Kanalimizni ko‘rishlar soni 10 millionga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 999% ga ko‘p. • Kontentimizni umumiy koʻrish vaqti 126 ming soatga yetdi. • Kanalimizdagi obunachilar soni 36 000 (yil davomida +31 000) ga oshdi. • Videolarimiz 390 000 layk oldi. Natijada, YouTube kanalimiz raqamli makonda brend taniqliligini oshirish uchun kuchli vositaga aylandi. Biz bunga yangi auditoriyani jalb qilish orqali erishdik. Buning sharofati bilan biz nafaqat quruvchi tashkilotlar orasida eng katta YouTube kanalini yaratdik, balki yosh NRG Uzbekistan kompaniyasini O‘zbekistondagi eng taniqli kompaniyalardan biriga aylantirdik.

TAF! * TAF! * TAF! * TAF!

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi