Baxtni Barpo etishda yordam beruvchi Target
NRG Uzbekistan – koʻchmas mulk sohasidagi ikki yetakchi kompaniyalar Murad Buildings va BI Group hamkorligida yaratilgan. Bular eng soʻnggi ilgʻor texnologiyalar va muhandislik yechimlariga asoslangan zamonaviy turar-joy majmualaridir. Bunday loyihalarning birinchisi poytaxtdagi eng ko‘rkam turar-joy binolaridan biriga aylangan “NRG Oybek” turar-joy majmuasi hisoblanadi.
Muammo, vazifa
NRG Oybek loyihasini isteʼmolchilar hayoliga birinchilardan boʻlib keluvchi poytaxtda barpo etilayotgan turar-joy majmuasiga aylantirish, ishonchli va texnologik jihatdan ilgʻor turar-joy majmuasi imidjini yaratish va har bir lead uchun 2 dollardan 6 dollargacha boʻlgan narx oraligʻida malakali soʻrovlarning barqaror oqimini taʼminlash.
Yechim
NRG Uzbekistan kompaniyasining biznes va marketing maqsadlariga erishish uchun asosiy vosita sifatida maqsadli reklamadan foydalanish.
Natija
NRG Oybek poytaxtdagi eng taniqli turar-joy majmuasiga aylandi. Targeting asosiy sotuv vosita sifatida xizmat qildi, bu esa loyihani qurib bitkazilishidan oldin barcha xonadonlar sotilishiga ulkan hissa qoʻshdi.