U-TOWER | Hissiyotlarni junbushga keltiruvchi manzaralar
U-TOWER – NRG Uzbekistan kompaniyasining yetakchi loyihasidir. U "Tashkent City" qurshovidagi binolar orasida haqiqiy inqilobchi va mutlaq favorit hisoblanadi. Bino noodatiy U shaklidagi koʻp qavatli majmua boʻlib, unda har bir xonadon boshqasida farq qiladi. Shuning uchun, U-TOWER kommunikatsiyasi barcha raqobachi turar-joy majmualaridan farq qilishi lozim.
Muammo, vazifa
Mijozning asosiy maqsadi loyiha salohiyatini ochish va NRG U-TOWER turar-joy majmuasidagi penthauslarga eʼtiborni qaratish edi. Kompaniya ushbu eksklyuziv xonadonlar afzalliklari haqida maʼlumot berishga va sotishni ragʻbatlantirish uchun potentsial xaridorlar orasida qiziqish uygʻotishni maqsad qilgan. Bizning vazifamiz penthauslarning oʻziga xosligini, ularning keng imkoniyatlari va jozibali xususiyatlarini, misol uchun, keng maydonlar, shaxsiy terrassalar va shaharning panoramik koʻrinishini alohida taʼkidlovchi reklama kampaniyasini ishlab chiqish va amalga oshirish edi.
Yechim
Biz anglab yetdikki, isteʼmolchilar quruvchi tashkilotlarning yangi xonadondagi oddiy baxtli oilani tasnif etuvchi monoton reklamalarini koʻrishdan charchagan. Bizning videolarimizning asosiy gʻoyasi shundaki, bunday ajoyib manzarali penthausda yashar ekansiz, boshqa barcha tashvishlar ikkinchi darajali boʻlib qoladi. Bu yerda qancha yashashingizdan qat'iy nazar, har safar deraza oldiga kelib, birinchi marta boʻlganidek shhaarnkng betakror manzarasidan zavqlanasiz. Ushbu gʻoyani ochib berish uchun biz eskizlarning kulgili formatidan foydalanishga qaror qildik, bunda biz baʼzi gʻoyalarni boʻrttirib, baʼzilarini esa kulgili absurd holatigacha olib bordik. Maqsadimiz tomoshabinlar e’tiborini o‘ziga tortadigan, ularda EMOTSIYALAR uyg‘otadigan nostandart videolar yaratish edi. Va eng muhimi, penthauslarning afzalliklarini so'z bilan sanab oʻtmasdan, balki odamlarga bu go'zallikni derazadan koʻrsatishni afzal bildik. Biz 3 ta reklama roliklaridan seriali reklama tayyorlashga qaror qildik. Biz kundalik hayotiy vaziyatlarni asos qilib oldik va uni oldindan taxmin qilish qiyin boʻlgan kulgili xotima bilan yakunladik.
Natija
Bizning asosiy vazifamiz maʼlum bir turdagi xonadonlar - penthauslarga imkon qadar koʻproq eʼtibor jalb etish edi. Bir nechta aloqa kanallaridan foydalanish orqali biz koʻp sonli auditoriyani qamrab oldik va ularga ushbu xonadonlarning asosiy afzalliklarini koʻrsatib berdik. Bundan tashqari, ushbu provokatsion videolar boshqa mutaxassislar qatori ijtimoiy tarmoqlarda ham koʻpchilikning e’tiborini tortdi, bu esa U-TOWER turar-joy majmuasi va butun NRG Uzbekistan kompaniyasining tan olinishi oshishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.