Klassik kostyumlar ishlab chiqaruvchisi Bokar uchun rebrending
Klassik kostyumlar, paltolar, kurtkalar va jinsi shimlar ishlab chiqaruvchi kompaniya. O'z faoliyatini 1994 yilda boshlagan.
Muammo, vazifa
"Bokar" 1994-yildan beri o'rta narx segmentida faoliyat yurituvchi shimlar ishlab chiqaruvchi kompaniya sifatida tanilgan. Bu kompaniyaning rivojlanishiga to'sqinlik qilardi va erkaklar uchun klassik kostyumlar, premium segmentdagi paltolar va kurtkalar ishlab chiqarish kabi yangi yo'nalishlarni tanitishga yo'l bermasdi.
Yechim
- kompaniyaning asosiy qadriyatlarini aniqlash: estetika, detallarga e'tibor, individuallik, konservatizm. - noyob uslub va xarakterni ishlab chiqish. - kompaniyaning rivojlangani va yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega ekanligi aks ettiruvchi yangi aydentikani shakllantirish.
Natija
"Bokar" kompaniyasi uchun: • Yangi strategiya bo'yicha rivojlanish uchun format va yondashuv o'zgartirildi. • Yuksak mahorat va har bir mahsulotning o‘ziga xosligini aks ettiruvchi logotip dizayni ishlab chiqildi. • Ijtimoiy tarmoqlar, aydentika va barcha kommunikatsiyalar yangilandi. Shuningdek, kiyim-kechak tikish bilan bog'liq obrazlarni ifodalaydigan tasvirlardan foydalanmay, brendni tanitish muhim vazifalardan biri edi. Manifest: Moda vaqtinchalik, ammo klassik kiyimlar, san'at asarlari, tasviriy san'at namunalari, musiqiy durdonalar va adabiy asarlar kabi o'lmasdir. Vazmin chiziqlar, bejirim shakllar va yuqori sifatli materiallar turli avlod vakillari uchun dolzarbligini yo'qotmaydi. Bizdagi har bir kostyum — bu san'at asari, har bir shtrix — usta mehnatining mahsuli, har bir detal — klassik moda ramzi. Biz kompaniyaning mohiyatini o'zgartirmagan holda kiyim-kechak tikishni klassik musiqa yozish bilan taqqosladik va asosiy g'oyani ochib berdik. "Bokar" — klassika ixlosmandlari uchun chinakam san'at asari.