In Search of Uzbek Identity

Soʻnggi oʻn yilliklar mobaynida oʻzbek madaniyati Sovet Ittifoqida millatlarning birlashishi, keyin esa globallashuv jarayoni tufayli yoʻqolib ketdi. Oʻzbek vizual kodida chalkashliklar kuzatildi. Oʻzbek naqshlarini qidirish chogʻida Sovet davri, Turkiya, Eron va boshqa madaniyatlarga oid natijalarga duch kelish holatlari kuzatildi. Bu oʻzbek naqshlari emas edi.

Muammo, vazifa

Brendlar, dizaynerlar va ijodkorlar qidiruv tizimlari taklif qilgan notoʻgʻri natijalardan, toʻgʻrirogʻi, bezak hamda naqshlardan foydalanishdi. Mazkur naqshlar oʻzbek naqshlari sifatida koʻrsatildi. Aytish joizki, Oʻzbekistonda milliy identifikatsiyaga talab yuqori. Mamlakatdagi oʻzgarishlar tufayli oʻzbek xalqi oʻz madaniy merosini tiklashga intilmoqda. Ammo shu kungacha Oʻzbekiston anʼanaviy bezaklarini oʻzida mujassam etgan raqamli kutubxona mavjud emas edi. Maʼlumki, oʻzbek bezaklari va naqshlari haqidagi bilimlar avloddan-avlodga oʻtib kelgan va bugungi kunda ushbu bilimlarni vizual tilda saqlab kelayotganlar ham amaliy sanʼat ustalaridir. TBC Oʻzbekiston bozoriga kirdi va Oʻzbekistondagi birinchi raqamli bankka aylandi. Bugun Gruziya banki oʻz tarixi, qadriyatlari va madaniyatiga ega boʻlgan boshqa mamlakatda oʻz faoliyatini yuritmoqda va unga xizmat qilmoqda. TBC brend oʻlaroq odamlar bilan mahalliy ijtimoiy-madaniy kontekstga qarab munosabatlar oʻrnatishni maqsad qilgan.

Yechim

Oʻzbekistondagi birinchi raqamli bank Oʻzbekistonning asl naqshlarini yagona umumiy maʼlumotlar bazasiga toʻpladi. Shuningdek, TBC naqshlarning oʻziga xosligini saqlab qolish, ularning kelib chiqish tarixi, maʼnolari va foydalanish usullarini turkumlash hamda tavsiflash uchun mazkur madaniy merosni raqamlashtirdi. Loyiha jamoasi Oʻzbekistonning 10 ta shahri boʻylab bir qator ekspeditsiyalar oʻtkazdi: 8 ta milliy muzey, 16 ta madaniyat markazi va amaliy sanʼat ustaxonalarida boʻldi. Jamoa hunarmandlar bilan suhbatlar oʻtkazdi va barcha materiallarni hujjatlashtirdi. Natijada 300 dan ortiq bezaklar raqamlashtirildi va sanʼatshunoslik fanlari doktori tavsifi bilan ochiq veb-saytga yuklandi. Qator brendlar va dizaynerlar oʻzlarining brendingi va loyihalarida ushbu bezaklardan bepul foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Loyiha hali davom etmoqda. Uning yakunida Oʻzbekistonning barcha viloyatlariga oid 1000 dan naqsh hamda bezaklar veb-saytga yuklanadi.

Natija

Endilikda qidiruv tizimlari asl oʻzbek naqshlarini natija sifatida koʻrsatmoqda. 30 dan ortiq brendlar va umumiy auditoriyasi 12 million kishidan (Oʻzbekiston aholisining ⅓) ortiq notijorat tashkilotlari naqshlardan foydalanishni boshladilar. Masalan, eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri 2 milliondan ortiq SIM-karta ishlab chiqdi va naqshlardan foydalanilgan holda milliy reklama kampaniyasini amalga oshirdi. Davlat hokimiyati mahalliy tadbirlarni oʻtkazishda naqshlardan foydalana boshladi. Bir qator HoReCa brendlari maxsus qadoqlarni ishlab chiqdi. Raqamli rassomlar NFT-lar yaratdilar, moda sohasidagi ijodkorlar oʻzlarining kiyim kolleksiyalarini ishlab chiqishda milliy naqshlardan foydalandilar. Baʼzi naqshlar koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyati zaif odamlar foydalanishi uchun 3D taktil modellar sifatida ishlab chiqildi. Shuningdek, naqshlar Oʻzbekistonning oʻrta taʼlim dasturiga kiritildi. +40 marotaba OAVlarda tilga olindi Qamrov + 8mln. Jami 61 milliondan ortiq namoyishlar

TAF! * TAF! * TAF! * TAF!

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi