"Anastasiya" & "Chocolate"

So‘nggi yillarda «Sevishganlar kuni» (14 fevral) muhabbatni namoyon qilish usuli sifatida gul sovg‘a qilishga bo‘lgan qiziqish va ularni sotib olishga bo‘lgan talabning pasayish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu, axir, paradoks, qadim zamonlardan beri bunday sovg‘ani mehr, sevgi va yoqimli tuyg‘ular ramzi sifatida taqdim etish odat tusiga kirgan. Odamlarning yoshi va ular orasidagi masofadan qat'iy nazar, o‘z his-tuyg‘ularini bildirish, sevimli insoniga u qanchalar qadrli ekanligini eslatish mumkin va muhim.

Muammo, vazifa

«Anastasiya» gullar agentligi va uning hamkori «Chocolate» oldida auditoriyaga ana shunday yoqimli «e'tibor» orqali muhabbatni izhor etish imkoniyati haqida eslatish hamda 14 fevral kuni gullar va shirinliklarga bo‘lgan talabni oshirish vazifasi qo‘yilgan edi.

Yechim

Yechim odamlarning yoshi va ular orasidagi masofadan qat'iy nazar, bir-biriga e'tibor, g‘amxo‘rlik qilish mumkin va bu oson ekanligi g‘oyasini targ‘ib qiluvchi reklama videosi bo‘ldi. Shuningdek, video qahramonlari mutlaqo professional aktyorlar emas — ular s'yomkada ilk bora ishtirok etayotgan oddiy odamlar. Mazkur rolik bizga turli vaziyatlar, odamlar, vaqt orqali yaqin insonining xushbichim guldasta yoki mazali shirinliklar vositasida izhor etilgan muhabbati tufayli ko‘zida porlagan baxtni ko‘rish naqadar yoqimli ekanligini ko‘rsatadi.

Natija

Namoyish etilgan reklama xabari natijasida auditoriyaning brendlarga hamda umumiy gul va shirinliklar sovg‘a qilish madaniyatiga sodiqligi sezilarli darajada oshdi. Iste'molchilarning viderolikka nisbatan bildirgan ijobiy izohlari bilan birgalikda, «Chocolate»da savdoning 26%, «Anastasiya»da esa 18 foizga oshishiga erishildi. Xorijdan buyurtmalar ham o‘sishni ko‘rsatdi — «Anastasiya»da savdo 35 foizga oshdi. Mijozlarning 20 foizi gullar va pishiriqlardan iborat setlar so‘ray boshladilar, avval bunday so‘rovlar kuzatilmagan edi. Shuningdek, kollaboratsiya natijasida «Chocolate»da gulli sovitkichlar o‘rnatildi. Bu qaror hali rasman reklama qilinmaganiga qaramay, muvaffaqiyat qozonib ulgurdi.

TAF! * TAF! * TAF! * TAF!

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi