Feed Up
Feed Up jamoasi mijozlarning xatti-harakatlarini doimiy ravishda kuzatib boradi, kuzatishlar natijasida Feed Upga kelgan mijozlarimizning 70 foizi ovqatlanayotganda smartfonlarida o‘tirishadi. Statistika qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, yoshlar 8-9 soat, kattalar esa 2-3 soat telefon va gadjetlarga sarflaydi.
Muammo, vazifa
Feed Up mijozlari Qurbon hayiti oyi davomida o‘z yaqinlari bilan dam olishlarini ta’minlang.
Yechim
Feed upga kelgan va o‘z ixtiyori bilan telefonini stol ustidagi savatga qo‘ygan har bir mijoz avtomatik ravishda 10% chegirmaga ega bo‘ladi.
Natija
Aksiya 30 iyundan 30 iyulgacha davom etdi. Shu vaqt ichida 1500 dan ortiq mijozlar ushbu aksiyadan foydalanib, hech qanday gadjetlarsiz oilalari bilan dam olishdi. Videomiz ijtimoiy tarmoqlarda yarim milliondan ortiq ko‘rildi.