Payme - Talaba
Payme kampaniyasi doirasida foydalanuvchilar Payme ilovasi ularga hayotlarida qanday yordam bergani haqida 400 dan ortiq hikoyalarni taqdim etishdi. Haqiqiy voqealar asosida iqtidorli yosh rejissyorlar ta’sirchan va hayajonli qisqa metrajli filmlar suratga olishgan. Filmda bosh qahramon universitetdagi kontrakt pulini to‘lash uchun boshidan kechirgan qiyinchiliklari haqida gapiradi, lekin u doimo yechim topadi.
Muammo, vazifa
Vazifa “Payme”ning imkoniyatlarini ochib berish va hikoya real voqealarga asoslangan qisqa metrajli film orqali foydalanuvchilar o‘rtasida ishonchni mustahkamlashdan iborat edi.
Yechim
Payme o'z foydalanuvchilaridan Payme brendi hayotiy vaziyatlarni hal qilishga yordam bergan hikoyalari bilan bo'lishishni so'radi. Natijada so‘nggi lahzada o‘qish to‘lovini Payme orqali to‘lashga muvaffaq bo‘lgan va sessiyaga qabul qilingan talaba voqeasini ko‘rsatdik.
Natija
Payme foydalanuvchilari orasida ushbu loyihani muhokama qilishda faollik ortdi, Instagram’da 1,6 million ko‘rish, YouTube’da 71 ming ko‘rish.