Ramazon Hayiti bilan o‘zbekistonliklarni noodatiy tabriklash
Ramazon Hayiti arafasida biz Ipak Yo‘li Bankiga o‘z auditoriyasini noan’anaviy tarzda tabriklashni taklif qildik.
Muammo, vazifa
Turli xil kontentga ega zamonaviy ijtimoiy tarmoqlar voqeligida endi oddiy tabrik posti bilan foydalanuvchini ajablantirish, undan ham ortig‘i ularni postni baham ko'rishga majbur qilishning iloji yo‘q. Xo'sh, cheksiz bir-biriga o‘xshash tabriklar orasida bank qanday ajralib turishi mumkin?
Yechim
O‘zbekiston kontent bozorida faol ravishda ommalashib borayotgan 3D Motion Tracking texnologiyasidan foydalanib, to‘ldirilgan reallik effekti bilan videolavha yaratish.
Natija
Foydalanuvchilar darhol videoni baham ko'rishni boshladilar va birinchi soatlarda repostlar ko‘rsatkichi deyarli besh yuztaga o'sdi va natijada 638 taga yetdi. Instagram tarmog'i foydalanuvchilari qamrovining soni yarim milliondan oshdi. Telegram’da 24 soat ichida qamrov 520 000 dan oshdi, shaxsiy chatlardagi repostlar soni esa qariyb 3,5 mingga yetdi. Shu tariqa, biz 1 000 000 dan ortiq auditoriyani qamrab, ham bunday kontentni ko'proq qabul qiladigan keksa avlod vakillarini ham, bunday videolarga ko‘zi to‘ygan yoshlarni ham qiziqtira oldik.