Huquqni himoya qiluvchi organ va yoʻl-patrul xizmati xodimlari aks etgan noyob stikerlar toʻplami (stikerpak).
Salbiy yangiliklar magnit kabi odamlar eʼtiborini tortadi va ularda kuchli qiziqish uygʻotadi — buni koʻplab tadqiqotlar tasdiqlaydi. Bu achinarli haqiqat hayotimizda oʻz aksini topadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ham diqqat markazida boʻlganlari bois tez-tez mana shunday holatlarga tushib turadilar. Ammo har kuni ular bizning xavfsizligimiz va qulayligimizni taʼminlash uchun xizmatga shaylanadilar. Ularning xizmati shunchaki tartibni saqlashdan ziyodroq.
Muammo, vazifa
Huquqni muhofaza qilish xodimlariga boʻlgan ishonchsizlik uzoq vaqt davomida jamiyatimizda jiddiy muammo boʻlib keldi. Biz bu masalani tadqiq qilishga va uning psixologik jihatlarini oʻrganishga qaror qildik. Maʼlumotlar tahlili shuni koʻrsatdiki, bu xodimlarga boʻlgan salbiy munosabat shakllanishida stereotip obrazlar va noxolis fikrlar asosiy ahamiyat kasb etar ekan.
Yechim
IIV jamoatchilik bilan aloqalar departamenti bilan hamkorlikda biz noyob stikerpak gʻoyasini ishlab chiqdik va unda huquqni muhofaza qiluvchi organ va YPX xodimlarini xayrixoh va doʻstona koʻrinishda aks ettirdik. Har bir stikerda takrorlanmas obraz yaratish uchun jamoamiz sidqidildan mehnat qildi. IIV xodimlariga boʻlgan yangicha nigoh ular ham jamiyatimiz aʼzolari ekanini, xavfsizligimiz va tartibni saqlash uchun bor kuchlarini ayamayotganlarini anglashga yordam beradi. Batafsil prezentatsiyada
Natija
• 1282 kishi bizning stikerpakni oʻzlariga oʻrnatib olishdi va uni kundalik yozishmalarida foydalanishmoqda. • 1608 kishi chat va guruhlarda stikerlardan foydalandi, bu ijtimoiy loyiha gʻoyasini yanada koʻproq tarqalishiga xizmat qiladi. Shuningdek, biz IIV xodimlariga nisbatan ijobiy qarash shakllantirishga va ularga boʻlgan ishonchni oshirishga hissa qoʻshganimiz uchun IIV Toshkent shahri boshqarmasidan tashakkurnoma oldik.