CHARCHAMANG CAMPAIGN
Oʼzbekistonda umumiy savdo aylanmasining 90% bozorlarga toʼgʼri keladi.
Lekin, biz, ISHONCH, Oʼzbekistonda maishiy texnika sotuvi boʼyicha yirik tarmoqlardan biri sifatida, do‘konlarimizga iloji boricha ko‘proq odamlarni jalb qilishni istaymiz.
Muammo, vazifa
Oʼzbekistonda yoz oylarida kunlik havo harorati 50 darajagacha koʼtarilishi mumkin. Va bu ayniqsa bozorlarda seziladi.
2022-yilda kuchli jazirama vaqtida avjiga chiqqan palla, atigi 3 kun ichida mamlakat boʼylab 4027 kishi oftob urishi tufayli kasalxonaga yotqizilgan.
Yechim
Sunʼiy yoʼldosh maʼlumotlariga tayanib tuzilgan issiqlik xaritasidan foydalanib, biz Oʼzbekistondagi eng issiq bozorlarni topdik va ularga “salqin savdo nuqtalar” joylashtirdik.
Charchamang xonada nafaqat jaziramadan salqinlanish, balki ISHONCH mahsulotlarini yetkazib berish xizmati bilan xarid qilish mumkin. Bu ayniqsa uyda salqinlik yaratadigan mahsulotlar xaridi yanada qulay bo’ldi.
Charchamang xonadan tashqari, kunini asosan jaziramada o'tkazadigan, Faqat kun botgandan keyin uyda bizning texnikamiz bilan dam oladigan o'zimizning odamlarimizga “Charchamang” tilagi bilan TV va Digital roliklarimizni namoish etdik.
Natija
Bir oy ichida shoxobchalarimizda 5123 odam salqinda hordiq chiqardi.
Shunday qilib, umumiy qamrov: 24 700 000 mln tashkil qildi.
Maishiy texnika sotuvi esa 20%-gacha qizidi.