Kir yuvish kukuni uchun brending: neymingdan tortib qadoq dizaynigacha

Oʻzbekistonda kir yuvish kukunlari bozori xaqaro brendlar bilan ham, mahalliy savdo belgilari bilan ham boy. Bu turfa xillik mijozlar eʼtiborini tortishga boʻlgan kuchli raqobat muhitini yaratadi. Boshqa tarafdan, koʻpchilik brendlar bir-birlariga taqlid qilgan holda bir tusdagi ranglardan foydalanishadi.

Muammo, vazifa

Bir nishonga aniq urish uchun bir qator tadqiqotlar oʻtkazdik, unda isteʼmolchilar va sotuvchilar fikrlarini hisobga oldik. Bu oʻrganishlar bizga xaridorlar kir yuvish kukunlarini olishdagi muhim jihatlar va afzalliklarni aniqlashga imkon berdi. Tadqiqotlarimiz natijasida biz mahsulot uchun mos ifor tanladik va eng koʻp ishlatiladigan ranglardan voz kechdik. Olgan maʼlumotlarimiz mahsulot koʻrinishi, qadoq oʻlchami va vizual tasavvurni shakllantirib berdi.

Yechim

Kukun moʻynasi hamisha oppoq boʻlib qoladigan ozoda hayvon boʻlmish shimol tulkisi sharafiga "Aklis" nomini oldi. Bu nom "Аrctic fox" soʻzlaridan hosil qilindi. Shuningdek, bu nom oʻzbekcha/turkcha "oq" va ruscha "лиса" (tulki) soʻzlari qoʻshilmasiga ham ohangdosh. "Aklik sembolü" — "oqlik ramzi" shiori esa mahsulot mohiyati va u berayotgan qiymatni ifodalaydi. Turkcha kontekstga boʻlgan bogʻliqlik ishlab chiqarishda Turkiya texnologiyalaridan foydalanilishiga ishora qiladi. Mahsulot nomi logotip va maskot yaratish uchun asos boʻlib xizmat qildi. Biz ikkita asosiy yoʻnalishni koʻrib chiqdik: raqobatchilar kabi klassik yoʻlni tanlash yoki kir yuvish kukunlari uchun noodatiy boʻlgan ranglarni tanlash. Biz ikkinchi variantni maʼqul koʻrdik — qolip ranglar yechimlarini tark etib, raqobatchilar orasida rastalarda ajralib turuvchi qadoq ishlab chiqdik. Biz taklif etgan ziplock formatidagi qadoq esa bir vaqtning oʻzida bir nechta vazifalarni bajaradi: mahsulotdan foydalanish va saqlashda qulaylik beradi, qadoq ichida mahsulot iforini saqlab beradi va bolakaylarning xavfsizligini taʼminlaydi.

Natija

Yangi "Aklis" brendi bozorga muvaffaqiyatli kirib bordi, nafaqat Oʻzbekiston, balki boshqa davlatlarda ham eʼtibor qozondi. Mahsulot Uzum Market kabi onlayn-platformalarda sotuvga qoʻyilgan va Markaziy Osiyo davlatlari — Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻistonga eksport qilinmoqda. Shu bilan birga, ushbu dizayn Buyuk Britaniyaning World Brand Design va dunyo boʻylab eng qiziqarli va kreativ ishlarni yigʻib boradigan Packaging of the World hamjamiyati tomonidan sara dizaynlar qatoriga kiritildi.

TAF! * TAF! * TAF! * TAF!

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi