Maqsadli auditoriyaning o‘ziga xosliklarini inobatga olgan holda kontratseptiv vosita uchun qadoq dizayni

Yurtimizda ko‘pchilik jinsiy yaqinlik mavzusini taqiqlangan holatdek qabul qiladi va bu kabi saqlanish vositalari haqida gapirmaslikni ma’qul ko‘radi

Muammo, vazifa

Biroq bunday vositalarning asosiy vazifasi kasalliklardan va kutilmagan homiladorlikdan saqlashdir. Bu maktab yoshidagi bolalar homilador bo‘lib qolgani haqidagi yangiliklar tez-tez quloqqa chalinib turayotgan ayni damda juda dolzarb hisoblanadi. Shuningdek, agar tibbiy ko‘rsatma yoki kasallik yuqishi xavfi bo‘lsa, kontratsepsiya vositalaridan kutilmagan homiladorlikdan saqlovchi vosita sifatida foydalanish diniy nuqtayi nazardan ham qo‘llab-quvvatlanadi. Asosiysi, ulardan foydalanish er-xotinning o‘zaro roziligi bilan bo‘lishi lozim. Qadoq dizaynini ishlab chiqishda biz xaridorlarning — bu holatda erkaklarning o‘ziga xosliklarini o‘rgandik. Bizning vazifamiz tanlov va xarid jarayonini osonlashtiruvchi unikal va jalb qiluvchi dizayn ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi

Yechim

Mehnatimiz natijasida turli xil hayvonlar tasviri tushirilgan noyob qadoq dizayni paydo bo‘ldi. Bu obrazlar nafaqat erkaklar tabiatining muayyan bir qismini ifodalaydi, balki dorixonada sotib olish jarayonini osonlashtiradi

Natija

Biz taqdim etgan yechim tufayli erkaklar ushbu mahsulotlarni sotib olayotganda ularning nomini emas, balki qadoqlarda tasvirlangan hayvon nomini aytishlari mumkin. Shunday qilib, biz erkaklarni bunday vaziyatdagi noqulaylik hissidan birmuncha xalos qilishga muvaffaq bo‘ldik

TAF! * TAF! * TAF! * TAF!

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi