Bilimni baholash agentligi (sobiq Davlat test markazi) uchun yangi vizual aydentika
"Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 269-sonli Prezident Farmoni bilan 2023-yil 1-yanvardan Davlat test markazi endi Bilimni baholash agentligiga oʻzgardi. Bu oʻzgarish nafaqat tashkilot tuzilmasi va vazifalari oʻzgarishini, balki agentlikning maqsad va missiyalarini aks ettiruvchi yangi korporativ aydentika yaratilishini ham talab qilardi.
Muammo, vazifa
Bizning oldimizda tashkilot yoʻnalishi va maqsadlarini toʻlaqonli aks ettiruvchi yangi logotip hamda vizual birlik hosil qilish uchun brendbuk yaratish vazifasi turgandi.
Yechim
Logotip ishlab chiqishda biz ikkita muhim jihatni inobatga oldik. Birinchidan, eski logotip konsepsiyasini hisobga oldik, unda tashkilot nomining bosh harflari aks etgandi. Yangi dizaynda biz bu gʻoyani davom ettirdik — Bilimni baholash agentligining bosh harflaridan foydalangan holda BBA abbreviaturasini hosil qildik. Ikkinchidan, OTMlarga kirish imtihonlari jarayonidan ilhomlandik. Shu tariqa kirish imtihonlari javob varaqalaridagi yumaloq elementlarni aks ettiruvchi shakllar logotipda aks etdi. Batafsil prezentatsiyada.
Natija
Yaqin orada boʻlib oʻtgan kirish imtihonlarida yangi logotip tasviri tushirildi deyarli 1 000 000 dona javoblar varaqasi bosib chiqarildi va tarqatildi.