Gentra yoki ta'lim?
Najot Ta'lim o'quv markazi Farg'ona vodiysida yangi filial ochishga qaror qildi. Ammo u yerda brend taniqligi yo'q.
Muammo, vazifa
Bugungi kunda ko'pchilik yoshlar ta'limga emas, muhim bo'lmagan narsalarga qiziqadi - mashina, uy, obro' va hokazo.
Yechim
Biz aholi o'rtasida savol ko'tarishga qaror qildik - "najot nimada?" va quyidagi xabarlar bilan bannerlar joyladik: - Najot Gentra'da? - Najot xashamatli uyda? - Najot surishda? - Najot diplomda? Bu bannerlarni telegram guruhlar reklama tizeri ekanligini bilmagan holda, bepulga tarqatdilar. Keyin esa kimdir ularni olib tashladi, biz go'yoki "surish"ni targ'ib qilayotgan ekanmiz. Shundan so'ng biz kampaniyaning ikkinchi qismini chiqardik. Avvalgi so'zlarni o'chirib, Najot Ta'limda - deb yozib qo'ydik. Shu yo'sinda biz ham umumiy ta'limni, ham brend nomini targ'ib qildik.
Natija
Bugungi kunda Najot Ta'lim Farg'ona filialida 700 kishi o'qimoqda. Avval 0 edi ;)