Chegirmalar kechasi
-
Muammo, vazifa
Yoz oylarida O‘zbekiston uy-joy bozorida jimjitlik hukm suradi. Xaridorlar uy-joy masalasini bir chetga surib qoʻyib, taʼtilga chiqib ketishadi. Shu munosabat bilan bitimlar soni sezilarli darajada kamayib va sotuv rejasini bajara olmaslik tahlikasi kuchayadi.
Yechim
Oqshom chogʻida narxlar sezilarli pasayadigan poytaxt bozorlardagi ajoyib anʼanadan ilhomlanib – chegirmalar oqshomi deb nomlangan noodatiy tadbir tashkil etishga qaror qildik. Moʻjizaviy arab oqshomlari uslubida bezatilgan ushbu tadbirda NRG Uzbekistan oʻzining barcha turar-joy majmualaridagi xonadonlar uchun eksklyuziv chegirmalar taqdim etdi.
Natija
Tadbir yakunida biz quyidagi natijalarga erishdik: - 1 200 000 dan ortiq aholini qamrab olindi - Tadbirda 1 500 dan ortiq odam ro‘yxatdan o‘tdi - 42 ta xonadon sotildi