ASKLEPIY Group 2023 korporativ videosi

ASKLEPIY Group farmatsevtika kompaniyasi kashshof bo'lib, 30 yildan beri O'zbekiston farmatsevtika bozorida yetakchi bo'lib kelmoqda. Biz birgalikda umumiy vazifa – aholining o'rtacha umr ko'rish davomiyligini oshirish yo'lida birlashgan professionallar jamoasimiz.

Muammo, vazifa

O'zbekiston aholisining mahalliy ishlab chiqarilayotgan dori vositalariga nisbatan ishonchi yetarli darajada emas. ASKLEPIY Group kompamiyasi uchun bu ishonch darajasini oshirish va odamlarni faqat yuqori sifatli, xalqaro standartlarga muvofiq sinovdan o'tgan va sertifikatlangan dori vositalaridan foydalanishga undash muhim. Shuningdek, farmatsevtlarimiz iste'molchilarga yordam va maslahat berishga doimo tayyor ekanligini ko'rsatish muhimdir.

Yechim

“Biz kelajakni yaratamiz. Halol. Birgalikda" - kompaniya qadriyatlarini aks ettiruvchi korporativ videoni yaratish va ishga tushirish. Ushbu ishning muhim qismi ikkita asosiy syujetni yaratishdir. Birinchisi, har bir dori vositasi dorixona javoniga va so'ngra iste'molchiga yetguncha bosib o'tadigan mahsulotning hayot siklini ko'rsatadi. Ikkinchi syujetda biz odamning talabalik yillaridan bosh direktorgacha bo'lgan yo'lini ko'ramiz. Bu bilan biz xodimlarimizni qadrlashimizni, ularning ichki salohiyatini ro'yobga chiqarish va barkamol rivojlanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berishimizni ko'rsatmoqchimiz. Korporativ video bizning qadriyatlarimiz bilan o'rtoqlashuvchi, o'z ishini sevuvchi va buyuk maqsad – odamlar hayoti sifati va davomiyligini yaxshilash sari intilayotgan nomzodlarni jalb qilish uchun yaratilgan.

Natija

Korporativ lavha kompaniyaning ichki va tashqi aloqalarida foydalanladi. Kompaniya va sotiladigan mahsulotlarning tanilishi va ishonch darajasi oshdi. Shuningdek, video lavha nomzodlarni jalb qilish maqsadida ochiq yarmarkalarda va guruh suhbatlarida ham efirga uzatiladi.

TAF! * TAF! * TAF! * TAF!

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi