Barcha zararkunandalarga PRODEZ
PRODEZ - professional dezinseksiya va zararkunandalarni nazorat qilish xizmati. Kompaniya butun Oʻzbekiston va Qozogʻiston Respublikasining Janubiy Qozogʻiston viloyatida xalqaro ISO standartlari boʻyicha zararkunandalarga qarshi kurash boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi. Aholi uzoq vaqtdan beri uy sharoitida zararkunandalar bilan kurashish mumkin degan fikrda.
Muammo, vazifa
Ko'pincha odamlar zararkunandalar bilan bog'liq muammolarni kukunlar va preparatlarni tarkibi va dozasini to'liq o'rganmagan holda mustaqil ravishda dezinfekiya qilib hal qilinishi mumkinligiga ishonishadi. Natijada bu harakatlar fojiali vaziyatlarga olib kelishi mumkin.
Yechim
Odamlarga 90% hollarda mustaqil ravishda dezinfeksiya qilish hech qanday natija bermasligini va salbiy oqibatlarga olib kelishini tushuntirish. Vazifani bajarish uchun biz iste'molchilarning fikrlashi va xatti-harakatlarini o'rgangan holda reklama kompaniyasi uchun taniqli blogerni tanladik. To'plagan ma'lumotlarimizga ko'ra, odamlar turli xil samarasiz vositalar yordamida zararkunandalardan mustaqil ravishda qutulishga harakat qilishlarini kreativ tarzda ko'rsatishga qaror qildik. Ushbu kreativ video lavha blogerning sahifasida va kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida targ'ib qilindi.
Natija
Ijtimoiy tarmoqlarda iste'molchilar PRODEZ brendini ko'proq kuzatishni boshladilar, bizning videomiz tahminan 2000 martadan ortiq kuzatuvchilar orasida bir biriga yuborilgan va video 1 900 000 martadan ortiq ko'rilgan. Ushbu reklama kampaniyasi amalga oshirilgandan so'ng, o'rtacha oylik buyurtmalar soni oyiga 580 tadan 732 tagacha ko'tarildi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali qabul qilingan buyurtmalar 35% oshdi, PRODEZ kompaniyasini tavsiya qilish soni ham oshdi - bu o'sishga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Zararkunandalar borgan sari atrof muhit sharoitiga moslashib bormoqda. Shu sababdan zararkunandalarning ko'payishi inson salomatligiga, turmush tarziga, tinchligiga va atrof muhitga katta zarar keltirishni boshladi. Ularni yo'qotish esa tobora qiyinlashib bormoqda. Inson salomatligiga va atrof muhitga zarar keltiradigan fikrlar ya'ni stereotiplarni bu reklama kampaniya orqali ko'rsatib va tushuntirib bermoqchi bo'ldik.