“Matonat. Gʻalaba sari mashaqqatli yo’l” hujjatli filmining premyerasi
Bank “Matonat” futbol klubi bilan hamkorlik natijasi boʻyicha “Matonat. Gʻalaba sari mashaqqatli yoʻl” filmini suratga oldi va ushbu hujjatli filmning premyera namoyishini oʻtkazdi. Bank qoʻllab-quvvatlovi bilan amputantlar oʻrtasida futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi haqida film suratga olindi. Hujjatli film oluvchilar jamoaning ilk tashkil etilgan kunlaridan boshlanadigan tarixini asliday tasvirlash va tomoshabinlarga amputant sportchilar oʻrtasida futbol boʻyicha jahon chempionatida gʻalaba yoʻlidagi qiyinchiliklarni koʻrsatib berishga muvaffaq boʻlishdi.
Muammo, vazifa
• Amputant sportchilar muammolariga jamoatchilik eʼtiborini tortish. • Bankning ijobiy nufuzini yaxshiroq tanitish va saqlash.
Yechim
A.Navoiy (oldingi Panorama) nomidagi kinoteatrda namoyish qilinadigan hujjatli filmni suratga olish
Natija
Tadbirga 20 dan ortiq OAV va blogerlar tashrif buyurishdi. Rejalashtirilganidan 47 ta PR-materiallari chiqarildi. Nashrlar auditoriyani maksimal darajada qamrab olish uchun haftalarga taqsimlandi. Nashrlarning turli-tumanligi va uni har xil maydonlarda tarqatishga asosiy eʼtibor qaratildi. Maʼlumotlar OAV, Telegram va Instagram-blogerlarida, televedeniyeda, radioda va bosma shaklda eʼlon qilindi. Film haqida tarqatilgan maʼlumotni bir haftada 1 200 000 kishi oʻqigan. YouTube platformasida filmni 7,8 ming kishi koʻrgan.