Agrobank "Qatar 2022" translyatsiyasi
Agrobank "Qatar 2022" translyatsiyasi homiysi
Muammo, vazifa
2022 yilning eng kutilgan hodisalaridan biri — “Qatar-2022” turniri FIFA tarixiga qish mavsumida o‘tkazilgan ilk jahon chempionati bo‘lib kirdi.
Yechim
Yurtimizda chempionat shukuhi har bir xonadonni zabt etishi uchun “Agrobank” ATB O‘zbekistonning MTRK kanallarida “Qatar-2022” jahon chempionatining translyatsiya qilinishi bo‘yicha homiylikni o‘z zimmasiga oldi. Bank tomonidan turnirning belgilari tushirilgan merch (koptok, sport sumkasi, futbolka, kanstovar) tayyorlanib, hamkorlar, inflyuyenser va blogerlarga hamda xodimlarga tarqatildi. Shuningdek, Jahon chempionati munosabati bilan Agrobank xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirgan mijozlari orasida aksiyasi o‘tkazib, ikkita g‘olibga “Qatar-2022” o‘yinlarining biriga tur taqdim etdi.
Natija
Aksiya eʼloni bankning rasmiy telegram kanalida 1 milliondan ortiq marotaba ko‘rildi. Translyatsiya ko‘rishi (TV) 12 milliondan oshdi, ijtimoiy tarmoqlardagi eʼlonlarning qamrovi deyarli 3 millionni tashkil etdi. O‘zbekistoning SPORT TV va FUTBOL TV rasmiy telegram kanallarida “Agrobank” ATB translyatsiya homiysi sifatida guruh tarkibi, o‘yin jadvali, urilgan gollar haqidagi postlarda muntazam eslatib borildi.