JADIDLAR. Hujjatli film

4-oktabr Turkiston milliy ozodlik harakati faollari ommaviy qirg’in qilingan sana. 1938-yilning shu kunida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon, Abdulla Qodiriy va yana faoliyati aksariyat jamoatchilikka noma’lum qolayotgan yuzdan oshiq o’zbek ziyolilari o’z vatanining poytaxti Toshkentda kommunistlar rejimi rahbari Stalin hali tasdiqlab ham ulgurmagan hujjatga muvofiq otib tashlangan. Turkistonni bosqindan, qoloqlik botqo’g’idan, arosatdan ozod qilishga bel bog’lagan, buni qurolli qo’zg’alon emas, o’qish, ta’lim sifati bilangina amalga oshirishga shubha qilmagan ma’rifatparvarlar “xalq dushmani” tamg’asi ostida o’ldirilganlaridan ertasi kuni, otuvga hukm qilindi.

Muammo, vazifa

Ammo ushbu kunning qanchalik qonli va alamli bo’lgani, biz ushbu davrda kimlarni qo’ldan boy berganimiz va millat rivojiga ushbu qatlning qanday ta’sir o’tkazgani, aytilmay, ommaga tushuntirilmay qolgan.

Yechim

Ushbu hujjatli filmni suratga olish ishlariga, u e’lon qilingan sanadan 1 yildan ko’proq vaqt oldin tayyorgarlik ko’rishni boshlaganmiz. Jadidlar tarixini yopilgan va sirli arxivlardan o’rgangan shaxs, tarixchi va adabiyotshunos Naim Karimov bilan suhbatlar davomida, o’zimizga ham yangi bo’lgan tarixni ochdik. O’zbekiston adabiyot va tarix oliygohlarida faoliyat olib boruvchi bir qancha jadidshunoslar bilan ko’p martalik suhbatlar va uchrashuvlar natijasida, hujjatli film uchun yetarlicha ma’lumotlar jamlashga muvaffaq bo’ldik. Eng muhim voqea, 4-oktabrdagi qatl hamda ushbu kunda bo’lgan barcha voqealarni o’rgangan holda, jamoamiz bir necha haftalar davomida ushbu hujjatli filmning eng kulminatsion qismlaridan biri, otilish sahnasini kompyuter grafikasi yordamida qayta yaratdi.

Natija

Hujjatli filmni shu kunga qadar YouTube 80 mingdan ortiq marotaba tomosha qilishgan. Televideniya so’roviga asosan O’zMTRK telekanallarida ham namoyish etilgan. YouTube platformasining o’zida video 1 milliondan ortiq harakatlar (impressions) yig’gan. Bundan tashqari hujjatli film e’lon qilingani, Twitter foydalanuvchilar orasida ham bir necha kunlik trendlarni hosil qilgan.

TAF! * TAF! * TAF! * TAF!

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi