OROL DENGIZI. Hujjatli film

Orol dengizi shimolda Qozog‘iston va janubda O‘zbekiston chegarasida joylashgan, Markaziy Osiyodagi to’rtinchi yirik suv havzasi hisoblanar edi. XX asrning 50-yillarida Orol dengizi havzasida yirik irrigatsiya loyihalari amalga oshirildi. O'sha davrda paxta yetishtirish bilan bog’liq keng ko’lamli loyihalar yo’lga qo’yildi. Stalindan keyin Xrushchev ham paxta ekish ishlarini davom ettirdi.

Muammo, vazifa

Sug'orish loyihalari ko'lami juda katta edi va quyi oqim talablariga yetarlicha e'tibor berilmadi. Bundan tashqari, ochiq suv yo'llari, ko'p axlatga sabab bo'lgan usullar befoyda bo'lib, tegishli drenaj zarurligiga jiddiy e'tibor berilmagan. Bu omillar Orol dengizining qurishiga sabab bo'ldi.

Yechim

Jamoamiz bilan birgalikda 1 haftadan ortiq davom etgan ekspeditsiyalar va suratga olish ishlari davomida, Qoraqalpog'istonning Mo'ynoq shahrida bo’ldik. Bundan tashqari Orol dengizining dastlabki kengligi va ushbu fojianing ko’lamini anglash maqsadida, Mo’ynoqdan yana 200 kilometrlik masofada joylashgan, Orol dengizining suv mavjud qismlariga tashrif buyurdik. Orol dengizi sohilida yashovchi aholi bilan suhbatlashdik, dengizda baliqchilik qilib kun kechirgan so’nggi avlod vakillaridan intervyu oldik, buni kamera linzalariga muhrladik. Biz muammoning ko‘lamini aniq tushuntirish uchun aholining yashash tarzi, salomatligi, kundan-kunga quriyotgan dengiz va bu vaziyatga aynan nima sabab bo‘lganligi haqida fojiani o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, tanasida his qilayotganlar bilan suhbatlashdik.

Natija

Hujjatli filmning YouTube platformasidagi asosiy auditoriyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’lishiga qaramay, respublikaning boshqa hududlaridagi aholi ham bu muammodan ancha xabardor bo’ldi. Video umumiy hisobda 600dan ortiq ulashishlar oldi, 500ga yaqin izohlar va shu kunga qadar 270 mingdan ortiq ko’rishlarni yig’ishga muvaffaq bo’ldi. OAV va blogerlar orasida rezonans uyg’otdi hamda ulardan ham taqrizlar yig’a oldik. Bu orqali Orol dengizi bilan bog’liq ekologik muammoga biroz bo’lsa-da ta’sir o’tkaza olish, bizning asosiy maqsadimiz edi.

TAF! * TAF! * TAF! * TAF!

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi