Pulli Gap
O’zbekistonda aholining moliyaviy bilimlari darajasi yetarli darajada past. Bunga bir necha sabablarni keltirish mumkin. Insonlarning diniy qarashlari tufayli, moliyaviy xizmatlar va vositachilarga bo’lgan ishonchsizlikni muammoning bir tomoni desak, ikkinchi tomondan yaqin tarixdagi moliyaviy tashkilotlarning nufuzi ham bunga ta’sir o’tkazmoqda.
Muammo, vazifa
Aholi orasida moliyaviy operatsiyalar va xizmatlar ommalashmaganiga ham aynan shuni sabab qilib keltirish mumkin. Bu tufayli esa bank va moliya, to’lovlar sektorida katta bo’shliq mavjud. Ushbu bo’shliqni to’ldirish uchun mamlakat miqyosida tijoriy banklar va Markaziy bank ham, aholining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirishga qaratilgan loyihalarni yo’lga qo’ymoqda.
Yechim
Mamlakatdagi ushbu sharoitni hisobga olgan holda, biz aholiga moliyaviy masalalarda interaktiv uslubda bilim berishni to’g’ri deb o’yladik. Moliya, iqtisod kabi yo’nalishlarda aholi kundalik hayotiga to’liq yetib bormagan masalalarni, animatsion va savol javob ruknidagi videolar, ijtimoiy tarmoqlar orqali doimiy xabardor qilib turish va har xil turlicha viktorinalar orqali yetkazish uchun “Pulli GAP” nomli loyihani ishga tushirdik. Loyiha Agrobank tomonidan moliyalashtirildi.
Natija
Loyiha yordamida aholi moliya sohasidagi eng muhim tushunchalarni osongina anglab, o'zlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni o‘rganishlari mumkin! Bundan tashqari, loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali, mamlakatdagi iqtisodiy yangilik va o'zgarishlar haqida yozib boramiz, bank sohasida faoliyat olib boruvchi konsultantlar bilan maslahatlashib, qonunchilikdagi iqtisodiy o'zgarishlarga izohlar beramiz. Loyiha doirasida shaharning gavjum ko’chalarida interaktiv viktorinalar uyushtiriladi. Shu va shu kabi boshqa tashabbuslar orqali esa aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga o’z hissamizni qo’sha olamiz. Loyiha brendingi "Pulli GAP" moliyaviy loyihasi logotipi moliya va iqtisodiyot olamini mukammal aks ettiruvchi ramzdir. Unda tanga va hamyon tasvirlangan, hamyon nafis ko'k rangda va tanga yorqin sariq rangda. Hamyon xavfsizlikni ifodalaydi, moliyani to'g'ri tashkil etish muhimligini anglatadi, tanga esa iqtisodiyotni ifodalaydi, jamiyat taraqqiyotida pul qanday muhim rol o'ynashini aks ettiradi. "Pulli GAP" logotipi ushbu loyiha odamlarga moliya va iqtisodning murakkabliklarida harakat qilishda yordam berish, ularga ishonchli moliyaviy qarorlar qabul qilishda yordam berish maqsadini ifodalaydi.