Go'zallik - Bu Siz!
O'zbekistonda ayollarning tashqi ko'rinishi mavzusi ayniqsa dolzarb bo'lib, bugungi kungacha aholi o'rtasida qizg'in bahs-munozaralarga sabab bo'lib qolmoqda. Buni koʻplab yangiliklar, jumladan: 20 yoshli talaba qizning hijob kiyishga qoʻzgʻatishi, oʻzbek xonandasining “nomaqbul” koʻrinishi uchun litsenziyadan mahrum etilishi, erkakning modellarning suratlariga nisbatan tajovuzkor bayonoti dalolat beradi
Muammo, vazifa
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan EvoEva kosmetika va parfyumeriya do'konlari tarmog'i ushbu muammoni ko'tarishga qaror qildi va go'zallik standartlarini yo'q qilishdan maqsadlangan "Go'zallik - Bu Siz!" kampaniyasiga start berildi. Video roliklarda yoshi, dunyoqarashi va qiziqishlari turlicha bo‘lgan besh nafar ishtirokchi go‘zallik nimaligi va u qanday namoyon bo‘lishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Yechim
Aksiya ayollarga qanchalik betakror va go'zal ekanligi haqida muhim eslatma bo'lib xizmat qildi. "Go'zallik - Bu Siz!" reklama kampaniyasi OAV va Telegram kanallarida muhokama obyektiga aylandi. Izohlarda go‘zallik mavzusida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan va o‘zlariga g‘amxo‘rlik bilan muhabbat so‘zlarini yozgan barcha yoshdagi ayollardan iliq fikrlar oldik. EvoEva brendi nafaqat o'ziga va tabiiy go'zalligiga ishonchni uyg'otishga, balki 8 mart kuni yoqimli his-tuyg'ularni berishga ham muvaffaq bo'ldi.
Natija
Kampaniya qamrovi - 1 500 000 kishi LIke - 18 000 Share - 470 Saved - 355