Internet-provayder uchun neyming va aydentika ishlab chiqish

Ipak Yo‘l — bu asosan yuridik shaxslarga tadbirkorlik uchun xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan yangi internet provayderi. Kompaniya keng polosali aloqa, ijaraga olingan liniyalar, Wi-Fi yechimlari, bulutli xizmatlar va boshqa tegishli xizmatlarni o‘z ichiga olgan keng turdagi Internet xizmatlarini taklif etadi.

Muammo, vazifa

Mijoz bizga brendni kompleks "qadoqlab" berishimiz, neyming taklif qilishimiz va imijli viderolik tayyorlashimiz uchun murojaat qildi. Internet-provayderlar bozorida muammo bor — deyarli barcha provayderlar bir xil va bir tezlikdagi xizmatlar taklif etishadi, bu esa iste’molchilar uchun o‘zlariga ma’qulini tanlashda qiyinchilik tug‘diradi. Shu nuqtayi nazardan brendni raqobatchilar ichidan ajratib ko‘rsatuvchi va uning qadriyat va o‘ziga xosliklarini samarali yetkaza oluvchi noyob vizual aydentika ishlab chiqish kerak edi.

Yechim

Ijodiy ishimizni neyming va slogan ishlab chiqishdan boshladik. Buyuk ipak yo‘lini ifodalovchi "Ipak Yo‘l" nomi asosiy ramz sifatida tanlab olindi. Bu nom aloqa va o‘zaro munosabat tushunchalarini o‘zida mujassam etgan hamda bizda tarixiy meros va boy madaniyat haqidagi ajoyib tasavvurlarni uyg‘otadi.

Ijodiy ishimizning navbatdagi bosqichi slogan ishlab chiqish bo‘ldi.

Batafsil taqdimotda

Natija

Kompaniya internet-provayderlar bozoriga muvaffaqiyatli kirib keldi va rivojlanishda davom etmoqda. Ayni damda kompaniya bir qancha muhim kelishuvlarga erishgan va B&B segmentida bir qator mijozlar bilan hamkorlik qilmoqda. Brendning mamnun mijozlari sifatida taniqli kompaniyalarning Afsona restorani, Yandeks.Taksi, Bon kafesi, Irish Pub kabilarni keltirish mumkin.

TAF! * TAF! * TAF! * TAF!

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi

ro'yxatga olish tugallandi