Happy Glamp dam olish zonasi uchun vizual aydentika
Happy Glamp — bu Toshkentdan 50 km uzoqlikda, Tuyabo‘g‘oz suv ombori sohilidagi ilk oilaviy glemping. Glemping — bu tabiat qo‘ynida dam olishning yangicha ko‘rinishi. Unda qulaylik va sifatli xizmat ko‘rsatish bilan bevosita tabiat muhitiga sho‘ng‘ish nazarda tutiladi. Kompaniya turistik xizmatlar bozoriga 2023-yilning yozida kirib keldi. Dam oluvchilarga suv ombori sohilida dam olish, ovqatlanish, turli ko‘ngilochar xizmatlar, yozgi dam olish uchun uskunalar ijarasi (tapchan, basseyn, katerda sayohat, barbekyu hududi va boshqalar)ni taqdim etadi.
Muammo, vazifa
Bizga murojaat qilgan mijozlar tayyor neyming bilan kelishdi, odatda neyming brend aydentikasini yaratishda birinchi qadam bo‘ladi. Biroq tez orada ular tushunib yetishdiki, nom yaxshi topilgani bilan potensial mijozlar va auditoriya orasida kerakli darajada taniqlilikni ta’minlab berolmaydi. Taniqlilik muammosini hal qilish uchun kompaniya unikal aydentika (фирменный стиль)ning zaruratini tushunib yetdi, aydentika kompaniyani raqobatchilardan ajratib chiqaradi va uning noyob qadriyatlarini aks ettiradi.
Yechim
Shu bois biz logotip, ranglar palitrasi, shriftlar, noyob pattern va boshqa vizual elementlarni o‘z ichiga olgan aydentika ishlab chiqishni boshladik. Bularning barchasi mustahkam va oson taniladigan brend qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi. Batafsil prezentatsiyada
Natija
Biz amalga oshirgan kompleks dizaynerlik ishi natijasida kompaniya turistik xizmatlar bozoriga muvaffaqiyatli kirib bordi va raqobatchilari orasida farqlanib turadigan bo‘ldi.