Savollaringiz bormi?

30 daqiqa ichida Siz bilan bog‘lanib, savolingizga javob beramiz

So'rovingiz jonatildi!

Timur Bakiev

ClickME kompaniyasi asoschisi va rahbari


Aqlimni tanibmanki, marketing bilan shug‘ullanaman. Temir yo‘l institutida o‘qiyotganimdayoq shu ish bilan shug‘ullanishga ahd qilgandim  . Karyeram Bilaynda, ushbu tovar belgisi O‘zbekistonda endi ish boshlagan yili boshlangandi. Keyin Sherin (go‘sht mahsulotlari yirik ishlab chiqaruvchisi)da ishladim. 2015 yildan raqamli marketing bilan shug‘ullana boshladim. Daryo.uz saytining sotuvlar bo‘limida ishladim. 2016 yilda O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Telegramning tijoriy salohiyatiga e'tibor berdim va ClickMe`ga asos soldim. 2016 yil dekabrda Telegramda Birinchi ommaviy reklama kampaniyasi ishga tushirildi, u endigina ochilgan Samarqand Darvoza SM uchun bo‘lib, o‘shanda bir kunda 500 mingdan ziyod noyob ko‘rishlarga ega bo‘ldi.

Hozirda bizning media tarmog‘imizga turli mavzudagi 100dan ziyod kanal kiradi. Samsung, Huawei, Artel, Coca Cola  kabi ko‘plab kompaniyalar bila hamkorlik qilamiz. Telegramda maxsus o‘yin va kim oshdi botlarini tayyorlash bo‘yicha yetakchi sanalamiz. Yiliga 200 dan ziyod reklama aksiyalarini joriy etamiz.